×
Menu
Close Menu

​SamDTU neyroxirurglari Neyrotravmatologiya xalqaro kongressida ishtirok etdi

  2025-yil 3-5-iyul kunlari Tailandning Bangkok shahrida o‘tkazilgan Multidissiplinar Neyrotravmatologiya Akademiyasning 22-Xalqaro Kongressi (The 22nd Congress of the Academy for Multidisciplinary Neurotraumatology) da SamDTU huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi direktori, PhD, dotsent M.A. Aliyev ham ishtirok etdi.

  Dotsent M.A. Aliyev Kongress doirasida Bangkok shahridagi Tailand Mudofaa Vazirligi Klinikasi qoshidagi Simulyatsiya markazi (Phramongkutklao Hospital Simulation Center)da tashkil etilgan neyrotravmalarda bajariluvchi zamonaviy innovatsion operatsiyalarni murdalarda va mulyajlarda bajarish bo‘yicha o‘quv-amaliy kurslarida qatnashib tajriba orttirdi.

  Kongressning asosiy dasturidagi sohaga oid ma’ruzalar Pullman King Power Hotel anjumanlar markazida o‘tkazildi va unda jahonning yetakchi neyroxirurglari va nevropatologlari ishtirokidagi muhim yangiliklar, yutuqlar va mavjud muammolar yoritib berildi, qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.




SamDTU Matbuot xizmati