Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bitiruvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi

  2025-yil 9-iyul kuni Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi yoshlari uchun “Biznes marafon” motivatsion seminar-treningi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishtirok etib, bitiruvchilarga biznes boshlash, reja tuzish va muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘lish sirlarini o‘rgatishdi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

  Tadbir doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va “Milliy bank” AJ tomonidan imtiyozli kreditlar haqida ma’lumotlar ham taqdim etildi. Seminar davomida mutaxassislar bandlik, kasb tanlash va ishga joylashish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishdi.

  Tadbirda Samarqand Davlat tibbiyot universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ham faol ishtirok etdi.



SamDTU Matbuot xizmati