Dunyoning eng nufuzli xalqaro reyting tizimlaridan biri hisoblangan Times Higher Education (THE) tomonidan 2025-yil uchun e’lon qilingan THE Impact Rankings 2025 natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilk bor dunyoning eng yaxshi 1000 ta oliy ta’lim muassasalari (601–800 o‘rinlar oralig‘i) ro‘yxatidan munosib o'rin egalladi.
Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti quyidagi yo'nalishlar bo'yicha sezilarli darajada yuqoriladi:
- Yaxshi salomatlik va farovonlik — 77;
- Sifatli ta’lim — 101-200;
- Maqsadlar bo‘yicha hamkorlik — 101-200;
- Qashshoqlik yo‘q — 301-400;
- Gender tenglik bo'yicha — 301-400;
Samarqand davlat tibbiyot universitetining ushbu reytingda sezilarli darajada yuqorilashi oliygohda ta’lim jarayoni va yaratilgan sharoitlarning jahon standartlari darajasida ekanligini yaqqol tasdiqlaydi.