×
SamMU Education - YouTube
×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Italiyaning Lombardiya viloyati bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini joriy etadi

     Joriy yilning 12-iyun kuni Samarqand viloyatiga Italiyaning Lombardiya viloyati gubernatori A.Fontana boshchiligidagi delegatsiyba tashrif buyurdi. Tashrif doirasida viloyat tadbirkorlari bilan B2B uchrashuvlari va sohaga doir hamkorlik boʻyicha  "Samarqand-Lombardiya" savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm biznes forumi tashkil etildi.

     Xalqaro forumda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etib, Lombardiya viloyati bilan  hamkorlik masalalariga qaratilgan anglashiluv memorandumi imzolandi.

     Lombardiya Italiyaning shimoli-markaziy qismida joylashgan, 23 844 km² maydonni egallagan, aholisi 10 millionga yaqin boʻlgan muhim maʼmuriy hududlardan biri hisoblanadi. Italiya yalpi ichki mahsulotning beshdan bir qismi Lombardiya ulushiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, viloyat ulkan tadbirkorlik imkoniyatlari, madaniy meʼros boyliklari bilan ham Italiyaning muhim viloyatlaridan biri hisoblanadi.

SamDTU Matbuot xizmati