Joriy yilning 19-iyun kuni Samarqand shahridagi Yoshlar markazi binosida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining Samarqand markaziy kulgu ligasi final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Finalda Samarqand davlat chet tillari instituti "Tarjimon" jamoasi, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti "Maroqandlik bojalar" jamoasi, Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti "Yangi o‘zbegim" jamoasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti
"Med life" jamoasi, Respublika qurolli kuchlari kichik mutaxasislarni tayyorlash markazi "Cho za" jamoalari o‘zaro bellashdilar.
Qiziqarli va quvnoq tarzda o‘tgan kulgu jangida quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin - Samarqand davlat tibbiyot universiteti "Med life" jamoasi;
2-o‘rin - Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti "Yangi o‘zbegim" jamoasi;
3-o‘rin - Samarqand davlat chet tillari instituti "Tarjimon" jamoasi va Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti "Maroqandlik bojalar" jamoasi.
Universitetimiz jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz!
SamDTU Matbuot xizmati