“Yangi O‘zbekiston – Yoshlar mamlakati” shiori ostida o‘tkazilayotgan viloyat yoshlar festivali doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetida Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Klassik Zakovat (Tezkor savollar) intellektual o‘yini tashkil etildi.
Qiziqarli va bahsli tarzda o‘tgan musobaqada talabalar o‘zlarining bilim va mantiqiy tafakkurlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijaga ko‘ra:
1-o‘rin – SamDTU “Invictus” jamoasi
2-o‘rin – SamISI “Legion” jamoasi
3-o‘rin – SamDAQU “Bunyodkor” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Bellashuv yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
SamDTU Matbuot xizmati