×
SamMU Education - YouTube
×
Menu
Close Menu

​SamDTUda “Bitiruvchilar oqshomi” o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida universitet bitiruvchilari va talabalar uchun “Bitiruvchilar oqshomi” tantanali bayram dasturi tashkil etildi. Tadbir ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Xudayarov Asilbek Anvarovichlar online tarzda so‘zga chiqib, Samarqand davlat tibbiyot universitetidagi xalqaro darajadagi ta’lim dasturlari haqida so‘z yuritdilar hamda universitetning O‘zbekiston tibbiyot oliy ta’lim muassasalari ichida birinchilardan bo‘lib THE Impact Rankings natijalariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi 1000 talik universitetlari qatoriga kirgani bilan tabriklab, bitiruvchilarga omad tiladilar.

  Shuningdek, bayram tadbirida so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov hamda Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Husan To‘xtayevlar universitet faoliyati va yutuqlari haqida iliq fikrlarni bildirib, bitiruvchi talabalarning keyingi faoliyatida omadlar tiladilar.

  Bayramona tadbirning keyingi qismida Samarqand davlat tibbiyot universitetini tamomlagan bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Ma'lumot o'rnida shuni aytish mumkinki, joriy yilda Samarqand davlat tibbiyot universitetini bakalar va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha jami 1600 ga yaqin talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Tadbirning keyingi qismi estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokidagi kuy-qo‘shiqlar hamda bayramona chiqishlar bilan ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.


SamDTU Matbuot xizmati