Kafedrada Samarqand davlat tibbiyot universitetining -davolash, pediatriya, stomatologiya, boshqaruv va menejment, fundamental tibbiyot, oliy hamshiralik ishi fakultetlari 1- kurs talabalari uchun tibbiy kimyo fanidan;
- Biotexnologiya, injiniring va farmatsiya fakulteti 1- kurs talabalari uchun noorganik kimyo, 2,3- kurs talabalari uchun analitik kimyo, organik kimyo, fizik va kolloid kimyo fanlaridan;
- Xalqaro ta’lim fakulteti 1- kurs talabalari uchun «Medical chemistry» fanidan;
- Qushma ta’lim davolash ishi, stomatologiya, pediatriya fakulteti 1- kurs talabalari uchun kimyo, bioorganik kimyo fanlaridan o’quv darslari o’tiladi. Darslar o’zbek, rus, ingliz tillarida olib boriladi.
Dars jarayoni kredit-modul sistemasida o‘tkaziladi. Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining xajmi bir o‘quv yil iuchun 120 soat, bir semester uchun 60 soat 2 kredit qilib belgilangan. 1 kredit 30 akademik soat o‘quv yuklamasiga teng.
Davolash, pediatriya, stomatologiya, fundamental tibbiyot, boshqaruv va menejment, oliy hamshiralik ishi fakulteti talabalari tibbiy kimyo fanida meditsinaning fundamenti bo‘lgan kimyoning tibbiyotdagi o‘rni, vazifalari, organizmda boradigan reaksiyalarning ahamiyati, kimyoviy birikmalarning tibbiyotda va farmatsiyada ishlatishi haqida tushunchaga ega bo‘lishadi. Talabalar laboratoriyalarda o’zlari mustaqil ravishda laboratoriya mashg’ulotlarini bajaradilar.
Biotexnologiya, injiniring va farmatsiya fakul’teti talabalari uchun noorganik kimyo, analitik kimyo, organik kimyo, fizik va kolloid kimyo fanlarida: tibbiyotda va farmatsevtikada ishlatiladigan moddalarning tarkibi, reaktsion qobiliyati, tarkib va miqdor jixatdan xossalari tushuntiriladi.
Darslar zamonaviy jixozlar bilan ta’minlangan laboratoriyalarda o’tkaziladi. Darslar interaktiv usullar yordamida olib boriladi. Kafedrada barcha fanlar bo‘yicha modul dasturi yaratilgan. Modul dasturi talabalarni mustaqil ishlashlari uchun juda kata yordamchi hisoblanadi.Modul dasturlarida xar bir mavzu bo‘yicha ma’ruza materiallari, amaliyot mashg‘ulotlari, laboratoriya ishlarining borishi, virtual laboratoriyalar, xar bir mavzu uchun nazorat savollari, nazorat testlari, situation masalalar, rasmli testlar qo‘yilgan. Talabalar o’z login-parollari orqali istalgan vaqtda modul dasturidagi ma’ruza materiallari, amaliyot va laboratoriya ishlaridan mustaqil foydalana olishadi.
  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
 – Davlat standarti;
– Malaka talablari;
– Modul dasturi;
  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
   Kafedrada telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, virtual laboratoriyalar - televizorlar, proektorlar yordamida, namoyish etiladi. Auditoriyalar interaktiv doska, televizor, proektorlar bilan ta’minlangan.
Har yili tibbiy kimyo kafedrasi professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv qo’llanmalar va darsliklar chop etilayabdi.


 
                                     
                                    