Kafedra professor-o‘qituvchilari kasalliklarni erta aniqlash uchun organizmdagi kimyoviy reaktsiyalarni kuzatish, ba’zi klinik holatlarni aniqlashda noinvaziv boshqarish uchun xar xil usul va qurilmalarni ishlab chiqish, maxalliy xom ashyolardan foydalanib sanoat uchun kerakli maxsulotlar olish, ko‘mir sanoatida briketlash, O‘zbekistonda ko‘p uchraydigan o‘simliklarni shifobaxsh xususiyatlarini o‘rganish kabi bir qancha yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda.
2020-2021 o’quv yilida kafedra mudiri Xolmurodova D.K doktorlik dissertasiyasini (DSc) muvaffaqiyatli himoya qildi. 2020 yil institut rektori tomonidan tibbiy kimyo kafedrasi mudiri t.f.d (DSc) Xolmurodova D.K.
“Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqotchisi” nominasiyasi bo’yicha 1- darajali diplom bilan taqdirlandi.
2021 yil "Oliy taʼlim muassasaning eng yaxshi pedagogi" Respublika tanlovida tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, t.f.d (DSc), Dilafroʻz Xolmurodova ishtirok etib “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov tomonidan tantanali ravishda faxriy diplom bilan taqdirlandi.
Kafedraning barcha xodimlari institut ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 9 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar Kiyamova D.Sh. “Mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosidagi kompozitsion materiallar ishtirokida ko‘mir briketlarining samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish”, RaimqulovaCh.A. “Ba'zi klinika hamiyatga ega bo’lgan biomarkerlarni noinvaziv usulda nazorat qilish usullari va qurilmalarini ishlab chiqish”. A.R.Karjavov “Atsetilenni gidratlash hamda gidroxlorlash reaktsiyalari va texnologiyasi“, Qodirov B.G. “Zargarlik toshlarini ishlab chiqarishda katta quyosh pechining imkoniyatlarini o‘rganish“, S.B.Pardayeva “Tabiiy gazni quritish va neftni oltingugurt birikmalaridan tozalash texnologiyalarini ishlab chiqish”, F.E.Raxmanova “Qon plazmasi va shakkilli elementlar orasida vitaminlarning taqsimlanishini ekstraktsion-fotometrik usulda aniqlash”, J.N.Ubaydullayev “Neftni qovushqoqligini kamaytiruvchi katalizator“, D.A.Mansurova “Физико-химическое изучение аддуктов фуллерена C70 с L-лизином и L-треонином физико-химическое изучение аддуктов фуллерена C70 с L-лизином и L-треонином ”, J.I.Xudoyqulov “Grafen oksidi konyugatlarini sintez qilish va fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish”, M.M.Dostmurodov “Gaz-kimyo komplekslarining ikkilamchi mahsulotlariga asoslangan oktanol va dekanolning sintezi”, A.Yu.Bo’ronov “Ko‘p halqali tiyeno [3,2-d]pirimidinlarning sintezi va ularning biologik faolligi” mavzularida o‘z ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
2022-yilda Kiyamova Dilfuza Sharipovna (PhD) texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasini, 2024-yilda Rayimqulova Charos Axmatovna (PhD) kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasini oldi.
2022-2023-o‘quv yilida kafedra mudiri Xolmurodova D.K. OAK tomonidan tasdiqlangan professorlik ilmiy unvonini oldi. Professor Xolmurodova D.K. rahbarligida shu o‘quv yilida 2 ta PhD dissertatsiyasi himoya qilindi.
2024-yil kafedra mudiri professor D.K.Xolmurodova tomonidan Jahon banki tomonidan PRIM dasturining granti qoʼlga kiritildi.
Grant doirasida 2025-yil iyun-iyul oylarida kafedra xodimlari I.P. Pavlov nomidagi 1-Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetida malaka oshirib qaytdilar.
2023- 2025-yillar mobaynida kafedra xodimlari tomonidan 250 ga yaqin ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 4 ta monografiya, Mahalliy OAK jurnallarida 95 ta, Xorijiy OAK jurnallarida 91 ta va xalqaro SKOPUS jurnallarda 29 ta ilmiy maqolalar chop etildi. Bundan tashqari kafedrada ikki nafar professor-oqituvchida Ixtiro patenti mavjud.




Ulashish