Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Kafedra tarixi

  1930 yilda "umumiy kimyo" kafedrasi tashkil etilgan. Kafedraga 1933 yilga qadar prof. N.L.Merkulovich mudirlik qilgan, 1933-1936 yillarda kafedrani professor L. N. Parfentyev boshqargan.

  1938 yildan boshlab "anorganik ximiya" kafedrasi deb atalib, uni 1946 yilgacha dosent A.A.Shamshurin boshqargan. Bu yillar mobaynida kafedra xodimlari anorganik kimyoning turli yo'nalishlarida ilmiy-izlanishlar olib borgan va ular tomonidan 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, bitta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilingan.

  1946-1964 yillari kafedraga dots. S.F.Babak mudirlik qilgan. Uning rahbarligida kafedrada "Alkalloidlarning kompleks birikmalari pirimidin hosilalari" mavzusida ilmiy-tekshirish ishlari olib borilgan.

  1964 yilda umumiy ximiya kafedrasi bilan biologik ximiya kafedrasi birlashtiriladi va unga dots. I.G.Priyev rahbarlik qildi. Bu davr ichida kafedraning organik ximiya bilan shug'ullanuvchi a'zolari karbazidning yangi sintez usulini ishlab chiqdilar va mikroelementlarning biologik ahamiyatini tadqiq qiladilar. Natijada sog'liqni saqlash amaliyoti uchun muhim ahamiyatga molik bo'lgan yangi xulosalar olindi.

  1977 yil dekabr oyida kafedra Bioanorganik va fizikaviy ximya, hamda Bioorganik va biologik ximiya kafedralariga bo'lindi. Bioanorganik va fizikaviy ximya kafedrasiga dots. Q.A.Asqarov rahbarlik qila boshladi. Bu yillar kafedrada ilmiy izlanishlarga e'tibor yanada oshdi. Buning samarasi o'laroq kafedrada 4 ta doktorlik (Q.A.Asqarov, D.M.Ivniskiy, M.D.Davronov, B.S.Mirzayev) va 12 ta nomzodlik (S.T.Rashidova, I.M.Muratov, R.T.Toshmatova, Z.Yu.Yunusova, K,I,Iskandarov, M.F.Yulayev, R.A.Dmitrieva, D.Daniyarov, N.Tangiyarikov va b.q) tayyorlandi va himoya qilindi. Oltita monografiya 450 dan ortiq ilmiy va o'quv – uslubiy maqolalar nashr etildi. Bu davrda kafedra a'zolari tomonidan 20 ta ilmiy kashfiyot uchun mualliflik guvohnomalari, 2 ta patent 30 ga yaqin ilmiy mulohazalar asoslanib berildi.

  Bioorganik va biologik ximiya kafedrasiga esa prof. V.A.Blinov rahbarlik qildi. Ilmiy tadqiqotlar ko'lami kengaytirilib, kafedra jamoasining diqqat-e'tibori qon tomir sistemasi fiziologiyasi va patologiyasi masalalarini ilmiy asosda tadqiq etishga qaratildi. Bu ilmiy izlanishlar natijasida ko'plab ilmiy-maqolalar chop etildi, bir qancha mualliflik guvohnomlari olindi. 1-ta doktorlik va 6-ta nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi.

  1994 yilning sentyabr oyida Bioanorganik, fizikaviy ximiya kafedrasi bilan Bioorganik va biologik ximiya kafedrasi birlashtirildi. Kafedra Bioanorganik, Bioorganik va biologik ximiya kafedrasi deb atala boshlandi. Kafedraga prof. Q.A.Asqarov mudirlik qilgan.

  2012 yilning iyuloyidan 2017 yil avgust oyiga qadar dotsent Q. T. Sovetov kafedraga mudirlik qildi

  2017 yil avgust oyidan "Tibbiy va biologik kimyo" kafedrasi nomi berildi va unga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Q. M. Xaliqov mudirlik qila boshladi

  2020 yil avgust oyidan "Tibbiy va biologiк kimyо" kafedrasi ikki alohida kafedraga bo`linib" Tibbiy kimyo" va "Biologik kimyo" nomi berildi.

  “Tibbiy kimyo” kafedrasi mudiri etib Xolmurodova Dilafruz Quvvatovna tayinlandi. Тиббий кимё кафедраси 2021-йил янги бинода ўз иш фаолиятини бошлади. Кафедра замонавий лабораториялар, телевизор, проектор, интерактив доскалар билан жихозланган аудиторияларга, барча шарт шароитларга эга. 2021-йил тиббий кимё кафедраси мудири доцент Холмуродова Дилафруз Куватовна докторлик диссертациясини химоя килди. Кафедра ассистентлари давлатимиз томонидан берилаётган шароитлардан оқилона фойдаланиб ўқув ишларидан ташқари ўз илмий тадқиқот ишлари устида хам иш олиб бормоқдалар.

  Kafedrada institutning davolash, pediatriya, stomatologiya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, xalq tabobati fakultetlarining I bosqich talabalariга тиббий кимё фани, farmatsiya fakultetining 1-, 2-, 3-, 4-bosqich talabalariга эса ноорганик кимё, органик кимё, аналитик кимё, физик коллоид кимё, фармацевтик кимё, токсикологик кимё фанлари ўқитилади.