×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada 3 kurs pediatriya, davolash ishi, tibbiy biologiya, tibbiy profilaktika, xalq tabobati, MMBS fakultetlari, 4 – kurs tibbiy biologiya, Xalq tabobati fakulteti talabalari «Klinik laboratoriya diagnostikasi» fani dasturi asosida taxsil olishadi.

  Kafedrada magistratura, klinik ordinatura, birlamchi mutaxasislik olish yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;

  Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:

– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  SamMU uz electron platformasiga yuklangan o’quv-uslubiy materiallar:

  • o'quv testlari – 3520 ta uzbek va 3520 ta rus tilida;
  • kafedrada fanlar bo'yicha namunaviy fan dasturidagi adabiyotlar mavjud.
  • vaziyatli masalalar - 330 ta uzbek va 330 ta rus tilida;
  • amaliy kunikmalar – 330 ta uzbek, 330 ta rus tilida;
  • videoma'ruzalar-11 ta uzbek va 11 ta rus tilida;
  • -amaliy ko'nikmalar bo'yicha videoroliklar -26 ta uzbek va 26 rus tilida o'quv jarayoniga jalb etilgan.

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan ekran yordamida namoyish etiladi.

  O'quv laboratoriyasida amaliy darslar zamonaviy asbob uskunalar (binokulyar mikroskop, raqamli binokulyar mikroskop, Ixla, avtomat bioximik analizator, poluavtomat bioximik analizator, koagulometr, gematologik analizator, urinoanalizator, IFLA) yordamida olib boriladi.

  Kafedra kutubxonasi:

  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 60 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Talabalar uchun SamDTU ko`p tarmoqli klinikasi Laboratoriya bo`limida mavzuga oid tahlillarni ko’rish tashkil etilgan