Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedraning ilmiy-tadqiqot klinik laborator diagnostika sohasida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish, laborator tashxis usullarini takomillashtirish, kasalliklarni erta aniqlash va monitoring qilishning innovatsion texnologiyalarini joriy etish, klinik laboratoriyalarda sifat menejmenti tizimini takomillashtirish hamda talabalar va yosh tadqiqotchilarda ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalari, kasbiy kompetensiyalar va dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini shakllantirishga qaratilgan.
Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 3 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (Isaqulova M.M., Berdiyarova Sh.Sh., Isomadinova L.K.) va 1 nafar xodim (Raxmatov J.A.) bir vaqtning o'zida asosiy doktoranturada o'qiydi.
So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 500 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 5 ta darslik, 7 ta o'quv qo'llanma, 4 ta monografiya, 18 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 450 dan ortiq maqolalar.
Kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan darsliklar
| № | Mualliflar | Chop etilgan darslikning nomi |
| 1 | Хusinova Sh.A. Yusupova N.A. Qudratova Z.E. Nabiyeva F.S. Berdiyarova Sh.Sh. |
|
| 2 | Mamatova M.N. Kadirov J.F. |
|
| 3 | Mamatova M.N. Kadirov J.F. Daminov F.A. | |
|
| Yunusov O.T. Dusiyarov M.M Yunusova G.F. Daminov F.A | |
|
| Daminov F.A. Nabiyeva F.S. Isomadinova L.K. | - Введение в лабораторное дело |

