Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Yosh avlodni barkamol, yuksak ma'naviyatli va zamonaviy bilimli mutaxassis etib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois Klinik laborator diagnostika va DKTF klinik laborator diagnostika kursi bilan kafedrasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar muhim o‘rin tutadi.

  Ishlar tasdiqlangan yillik reja asosida, mas'ul assistent Yusupova N.A. muvofiqligida olib boriladi. Professor-o‘qituvchilar talabalarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, kasbiy madaniyat va insonparvarlikni shakllantiradilar.
Kafedrada Prezident asarlari, davlat qarorlari mazmuni, Yangi O‘zbekiston g‘oyasi va milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi tadbirlar, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar muntazam o‘tkaziladi.
  Sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik va zararli odatlardan voz kechish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib boriladi. Shuningdek, tibbiy etika, deontologiya, halollik, mas'uliyat va kasbiy intizomga alohida e'tibor qaratiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash, akademik halollik, huquqiy madaniyatni oshirish, Konstitutsiya va qonunchilikni tushuntirish bo‘yicha ma'rifiy uchrashuvlar tashkil etiladi.
  Talabalarga sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, ilmiy yangiliklar muntazam yetkaziladi. Ilmiy seminarlar, konferensiyalar va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
  Kitobxonlikni rivojlantirish, madaniy-ma'rifiy tadbirlar, tarixiy sanalar, milliy bayramlar va allomalar tavallud kunlariga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, ekstremizm va zararli illatlardan himoya, axborot xavfsizligi va media madaniyat bo‘yicha profilaktik ishlar olib boriladi.
Talabalarning bo‘sh vaqti sport, madaniy tadbirlar, teatr va muzeylarga tashriflar orqali mazmunli tashkil etiladi. Yotoqxona sharoitlari o‘rganilib, individual suhbatlar o‘tkaziladi.
  “Ustoz-shogird” an'anasi, “Ma'rifat soati”, ochiq muloqotlar va treninglar orqali kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish qo‘llab-quvvatlanadi. Ekologik madaniyat va ijtimoiy loyihalarda ishtirok rag‘batlantiriladi.
  Ota-onalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir talabaning ma'naviy va kasbiy rivojiga individual yondashuv ta'minlanadi.
  Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlarni ta'lim jarayoni bilan uyg‘un holda olib borib, yuksak bilimli, vatanparvar va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.