Ilmiy to'garak
Klinik laborator diagnostika va DKTF klinik laborator diagnostikasi kursi bilan kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh laborant shifokorlar" nomli talabalar ilmiy to‘garagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. To‘garak yig‘ilishlari muntazam ravishda tashkil etilib, Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalari doirasida alohida yig‘ilishlari ham o‘tkaziladi.
To‘garak a’zolari klinik laborator diagnostikaning dolzarb yo‘nalishlari, laboratoriya tibbiyoti, gematologiya, biokimyo, immunologiya, molekulyar diagnostika, laboratoriya sifat nazorati, zamonaviy diagnostik texnologiyalar hamda laborator natijalarining klinik ahamiyatiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlaydilar. Shuningdek, talabalar ilmiy ishlari respublika tanlovlari va turli ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etadilar.
Klinik laborator diagnostika, zamonaviy laboratoriya texnologiyalari va ilmiy izlanishlarga qiziqadigan barcha talabalar to‘garak faoliyatida ishtirok etishga taklif etiladi. To‘garakda faol qatnashayotgan talabalar ilmiy maqolalar chop etish, konferensiyalarda ma’ruza qilish hamda ilmiy yutuqlari uchun rag‘batlantiriladi.
To‘garak faoliyatiga kafedraning professor-o‘qituvchilari ilmiy rahbarlik qiladi. Ular talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish va laboratoriya diagnostikasi sohasida zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirishga ko‘maklashadilar.
Kichik kurs sardori:S. Shukurova, Fundamental tibbiyot yo’nalishi 3-kurs talabasi, 30 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 3 ta diplom, 5 ta sertifikat, 2 ta faxriy yorliq, 2 ta minnatdorchilik xati egasi.
To’garak sardori: Sh Umirova, Fundamental tibbiyot yo’nalishi 3-bosqich talabasi, 10 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, "Yil talabasi" tanlovining 1-darajali diplom sohibi.