Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    Kafedra tarixi

      Ko'z kasalliklari bo’limi 1929 yilda tashkil topgan. Samarqand Davlat Tibbiyot instituti 1930 yilda tashkil topgan. Ko'z kasalliklari kafedrasi 1933 yilda ish faoliyatini boshlagan. Bo’limning birinchi mudiri G.G.Abdullayev (keyinchalik fan nomzodi, fan doktori va O’zbekiston fanlar akademiyasi muxbir a'zosi) Ko'z kasalliklarida birinchilar katorida operativ davolashni amaliyotga kiritgan, kafedrani boshqarganlar xamda institutimizning tashkil topishida va bo’limning rivojlanishida yetakchilik qilganlar. 1933 yil bo’lim bazasida samMI ning oftalmologiya kafedrasi tashkil qilingan. Kafedra mudiri vazifasiga professor A.L.Kankrov tayinlangan. Bo’lim mudiri G.G.Abdullayev bir vaqtning o’zida kafedra assistenti sifatida o’quv-pedagogik va ilmiy ishlarni olib borgan.

      1936-1950 yillarda kafedra mudiri vazifasida professor G.G.Abdullayev ishlagan.

    Gafar Gaydarovich Abdullayev

      Gafar Gaydarovich Abdullayev 1886 yil Boku shaxrida tug’ilgan. U 1917 yil Kozon universiteti Meditsina fakultetini tugatgan. 1918-1924 yillarda Turkmaniston va Ozarbayjonda Ko'z kasalliklari mutaxassisi vazifasida ishlagan. 1924 yilda Samarkand shaxriga ko’chib kelgan va ulka shifoxonasida okulist vazifasida ishlagan. G.G.Abdullayev 1924 yildan Respublika shifoxonasida faoliyat ko’rsatgan. U bulim mudiri, kafedra assistenti, dotsenti vazifalarida ishlagan. 1940 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va unga professor unvoni berilgan. G.G.Abdullayev 1943 yil O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a'zoligiga saylangan va 1946 yil O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi unvoni bilan takqdirdangan. U oftalmologiya kafedrasi mudiri vazifasi bilan bir vaqtda 1937-1942 yillarda institutda ilmiy-tekshirish va aspirantlar ishi buyicha direktor o’rinbosari lavozimida ishlagan. 1950 yil Samarqand shaxrida vafot etgan.

      2-chi jaxon urushi yillarida bulim bazasida Xarbiy Meditsina Akademiyasining oftalmologiya kafedrasi faoliyat ko’rsatgan. Kafedra boshligi vazifasida Meditsina xizmati polkovnik professor B.L.Polyak ishlagan.

      Ko'z kasalliklari klinikasida amaliy oftalmologiyaning tashkiliy asoslari va axoliga oftalmologik xizmat ko’rsatishni yaxshilash choralarini ishlab chiqish davom ettirildi, traxoma kasalligining to’liq barxam topishiga erishildi (N.I.Medvedev, A.Yu.Yusupov). Epidemik kon'yuktivitlarda va Ko'z olmasi yot jismlarini davolashning yangi usullari amaliyotga joriy qilindi (E.S.Avetisov, Yu.N.Ribanskaya-Sopronenko, A.M.Rep-nikova).

      Bo’lim ba'zasida joylashgan institutning oftalmologiya kafedrasida professor N.I.Medvedev raxbarligida bajarilgan ilmiy ishlar va olimning klinikada yaratgan maktabi xususida aloxida tuxtalib o’tish lozim. Professor Naum Ilich Medvedev 1900 yilda Poltava guberniyasining Lixvid uyezdi Sviridov qishlogida tugilgan.

    Naum Ilich Medvedev

      1925 yilda Xarkov meditsina instituti davolash fakultetini tugatgan. 1925-1932 yillarda Xarkov vrachlar malaka oshirish instituti oftalmologiya kafedrasida aspirant, assistent, dotsent vazifalarida ishlagan. 1934 yilda Donetsk meditsina instituti yangi tashkil etilgan oftalmologiya kafedrasida mudir lavozimiga saylangan va ushbu institutda 1941 yilgacha kafedra mudiri xamda ilmiy ishlar buyicha prorektor vazifalarini olib bor-gan.

      2-chi Jaxon urush yillarida evakogospitalda tibbiy xizmat boshlig’i, Qizil-O’rda shaxriga evakuatsiya qilingan Krim meditsina instituti oftalmologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatgan. Urush tugagandan so’ng 1951 yilda Simferopolga reevakuatsiya qilingan Krim meditsina institutida o’z ishini davom ettirgan.

      1951 yilda Samarqand Davlat meditsina institutiga oftalmologiya kafedra mudiri xamda ilmiy ishlar buyicha prorektor vazifasiga ishga kelgan. Klinika bazasida joylashgan oftalmologiya kafedrasiga mudirlik davrida professor N.I.Medvedev bemorlarga mutaxasislashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatish saviyasini yaxshilashga o’zining katta xissasini qushgan. Kafedraning qushimcha o’quv bazasi sifatida Samarqand shaxar bolalar shifoxonasida 40 o’rinli oftalmologiya bo’limi va Ko'z kasalliklarga chalingan bolalar uchun 78-chi sonli bog’cha tashkil etilgan.

      Professor N.I.Medvedev o’z ish faoliyati davrida 5 ta fan doktori, 30 ta fan nomzodlarni tayyorlagan, ulardan: O.Yu.Axmedjanova, D.N.Kamalova, A.N.Medvedev, A.K.Repnikova, K.K.Kadirova, F.Nuriddinova, A.Karitova, A.S.Vaysblat, A.B.Bagdasarova, F.N.Xakberdiyeva, X.N.Mirzayeva, Ya.Samoylovich, A.A.Yusupov, M.S.Soliyev, A.X.Sharapova, X.M.Nabiyeva, O.T.Sirodjeva va boshqalar. Ustoz vrach-ordinatorlar T.K.Mavlyanova, X.T.Kattabayeva, Z.I.Zakirova, R.Yu.Yuldashev, S.T.Bekturdiyevlarning oftalmologiya soxasida yetuk mutaxassis bo’lib yetishishiga katta amaliy yordam bergan.

      Olimning klinikada yaratgan maktabida tayyorlanganlardan professor A.Yu.Yusupov kafedra mudiri, ilmiy ishlar buyicha prorektor, professor A.N.Medvedev - Qirgiziston meditsina instituti oftalmologiya kafedrasi mudiri, O.Yu.Amedjanova, D.N.Kamalova, M.S.Soliyev dotsentlar, assistentlar A.X.Sharapova, O.T.Serodjeva Buxoro meditsina institutida kafedra dotsentlari va boshkalar o’z soxasining yetuk mutaxassislari bo’lib yetishdi.

      Professor N.I.Medvedev 2 ta monografiya va 110 ilmiy ishlar, bir necha un ilmiy ixtiro, patent va ratsionalizatorlik takliflarining muallifidir.

      Meditsina faniga qo’shgan ulkan xissasi va tayyorlagan ilmiy pedogogik kadrlar uchun professor N.I.Medvedev O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi faxriy unvoniga sazovor bo’lgan. Professor Naum Ilich Medvedev 1980 yilda vafot etdi.

      Allomaning shogirdlaridan biri professor A.Yu.Yusupov o’z ustozini shunday eslagan edi: «Professor N.I.Medvedev o’z soxasining kuchli bilimdoni edi, u traxoma kasalligining tugatilishiga bevosita xissasini qo’shgan, Ko'zning travmatik kasalliklarini davolashda yangi usullarni ishlab chiqgan. Texnikani chuqur bilishi tufayli bir necha yangi oftalmologik asboblar, operatsion texnologiyalar ishlab chiqgan. Shul bois, N.I.Medvedevga boshqa olimlardan farqli ravishda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xam fan, xam texnika arbobi faxriy unvoni berilgan edi. Olim o’z shogirdlariga nisbatan nixoyatda mexribon ustoz edi».

      Bu urinda professor A.N.Medvedev xaqida tuxtalib o’tish lozim. Anatoliy Naumovich Medvedev 1927 yili Ukrainaning Xarkov shaxrida tug’ilgan. U 1950 yili Krim meditsina institutini bitirib o’z mexnat faoliyatini SamMI oftalmologiya kafedrasida assistent vazifasidan boshlagan. 1961 yil nomzodlik va 1971 yil doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. A.N.Medvedev kafedrada 20 yil ishlash mobaynida o’quv, ilmiy-davolash ishlarida faol ishtirok etgan. U ulkaga oid patologiyalardan biri bo’lgan baxorgi katarning diagnostikasi va davolash taktikasini ishlab chiqdi, bemorlarni shu jumladan bolalarda kasallik buyicha dispanserizatsiya printsiplarini to’g’ri yo’lga quydi. Olim o’tkizgan ilmiy-tadqikotlarini o’zining sobiq Ittifoqda ilk bor chop etilgan «Vesenniy katar» monografiyasida umumlashtirdi. A.N.Medvedev xaqiqiy olim, mexribon ustoz, a'lo mutaxassis, moxir pedagog, ko’ngli ochiq xaqiqiy inson bo’lgan. Shuning uchun uni jamoa a'zolari, shogirdlari, talabalar, bemorlar va ularning ota-onalari minnatdorchilik bilan eslaydilar. A.N.Medvedev keyingi davrda Karaganda, Frunze (xozirgi Bishkek) meditsina institutlarida oftalmologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan, ko’plab shogirdlar yetishdirgan. U 1995 yilda vafot etgan.

      Ko'z kasalliklari klinikasida olib borilgan ilmiy tadkikotlar natijalarining meditsina ilmiy jamoatchiligi tomonidan chuqur tan olinganligi sababli Samarkand meditsina instituti ilmiy kengashiga 20 yil davomida nafakat O’zbekistondan, balki qo’shni Respublikalardan xam oftalmologiya soxasida dissertatsiyalarni rasmiy ximoya uchun qabul qilish uchun yagona xuquq berilgan edi.

      1974 yil professor N.I.Medvedovning nafaqaga chiqishi va kafedra professor-konsultant vazifasiga o’tishi munosabati bilan professor A.Yu.Yusupov kafedra mudirligiga saylandi.

      Aziz Yusupovich Yusupov 1927 yilda Samarqandda tug’ilgan. 1949 yilda Samarqand meditsina institutini bitirgan. 1949-1952 yillar oftalmologiya kafedrasi aspirant bo’lib, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a'zosi G.G.Abdullayev raxbarligida 1953 yil nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1953-1960 yillar kafedrada assistent, 1960-1967 yillarda dotsent vazifalarida ishlagan. A.Yu.Yusupovga 1966 yil tibbiyot fanlar doktori, 1967 yil professorlik unvoni berildi. U 1974-1995 yillar kafedra mudiri, 1995 yildan umrining oxirigacha kafedra professori vazifasida ishlab kelgan. 1967-1970 yillar o’quv ishlari buyicha prorektor, 1970-1974 yillar ilmiy ishlar buyicha prorektor lavozimlarida ishlagan. 1980 yil O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach, 1990 yil O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

      1995 yil kafedra mudiri vazifasiga tibbiyot fanlar doktori A.A.Yusupov saylandi professor A.Yu.Yusupov esa kafedra professori lavozimiga o’tdi.

    Amin Azizovich Yusupov

      Amin Azizovich Yusupov 1958 yil Samarqand shaxrida tug’ilgan. U 1981 yil SamMI davolash fakultetini tugatgandan so’ng o’z vrachlik faoliyatini klinikada boshlagan. Kafedrada klinik ordinator, aspirant, assistent, dotsent vazifalarida ishlagan. A.A.Yusupov nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. Unga 2007 yil professor ilmiy unvoni berilgan. A.A. Yusupov raxbarligida 4 ta nomzodlik dessertatsiyasi yoqlangan. O’zbekistonda birinchilardan bo’lib xususiy oftalmologiya soxasini rivojlantirgan. SamMI oftal0mologiya kafedrasida mudir lavozimida 2020 – yilgacha faoliyat yuritgan, xozirgi kunda SamMI oftalmologiya kafedrasida professor sifatida ishlab kelmoqda.

      Xozirgi kunga kelib kafedrada O'zbekiston qaxramoni, tibbiyot fanlar doktori, professor Muxammadiyev Raxmon Omanovichfaoliyat olib bormoqda.

    Muxammadiyev Raxmon Omanovich

      Muxammadiyev R.O.250 dan ortik maqolalar, 25 ta ixtirolar, 2ta monografiya, 4 ta o’quv qullanma, 3 ta Oftalmologiya fani buyicha (ruscha, uzbekcha, inglis tillarida) darsliklar muallifidir.

      Professor Yusupov A.A. 2020 yil sentyabr oyida kafedra professori lavozimiga o’tkazildi. Xozirgi kunga kelib kafedrani tibbiyot fanlar nomzodi Boboyev Saidavzal Abduraxmonovich boshqarib kelmoqda.

    Boboyev Saidavzal Abduraxmonovich

      Shu qiska muddat ichida kafedraning ilmiy yunalishi buyicha 3 ta darslik, 3 ta o’quv qo’llanma, 5 ta monografiya va ko’plab ilmiy maqolalar chop etildi. Kafedrada 2 ta professor: Yusupov A.A., Muxammadiyev R.O., assistentlar t.f.n.: Vasilenko A.V., Jalalova D.Z., Kadirova A.M., xamda assistentlar: Sobirova D.B., Xamidova F.M., Ochilov N.M., Tulakova G.E., Xamrakulov S.B., Qosimov R.E. faoliyat olib bormokdalar. Assistentlar Tulakova G.E., Xamrakulov S.B., Qosimov R.E. falsafa doktori darajasini olish uchun mavzulari tasdiqlangan va jadal ish olib borilmoqda. Kafedrada ko’z kasalliklar bulimi joylashgan. Xozirgi kunda 35 o’ringa muljallangan, bulimda vrach ordinatorlar faoliyat olib bormoqda. Ko’z kasalliklari bo’limini t.f.n. Bekturdiyev Sh.S. boshqarmokda. Bundan tashkari kuz kasalliklari bulimida oliy toifali vrach ordinatorlar Abdullayeva D.R., Iskandarov Sh.X., Boyxurozov X.X., Xazratova D.F. vrach ordinator lavozimida samarali ishlab kelmoqda. Kafedrada xozirgi kunda 4 ta magistr va 12 ta klinik ordinator taxsil olmoqda.