Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlarga bo’lgan e’tibor yuksak darajada. Ayniqsa yosh ilmiy izlanuvchilarga bo’lgan e’tibor hamda ularga yaratilgan sharoitlar yaxshi yo’lga qo’yilgan. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar.
Hozirgi kunda 5 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (Sobirova D.B, Hamidova F.M., Ismoilov J.J, Hakimova M.Sh., Abdullayeva D.R.).
Oftalmologiya kafedrasi professor-o’qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va nashr natijalari to’g’risida ma’lumot: Xozirgi kunga kelib kafedrada 14 nafar xodim: 1ta professor, 4 ta dotsent, 1 ta DSc, 4 ta PhD va 6 ta o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar, Ilmiy saloxiyat– 64,3%.
Shu yil xisobiga quyidagi maqolalar: jami–100 ortiq, shulardan: respublikada: 70 ta, xorijda: 42 ta, Scopus va Web of Science: - 10 ta, 2 ta o’quv qo’llanma, 3 ta monografiya chop etilgan , elektron dasturlar: 4 ta.
O’quv qo’llanmalar

Elektron dasturlar

So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 6 ta darslik, 10 ta o'quv qo'llanma, 4 ta monografiya, 15 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 200 dan ortiq maqolalar.
Bizning kafedramiz Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko’p tarmoqli klinikasi Ko’z kasalliklar bo’limida joylashganligi sababli kafedramiz xodimlari bevosita bemorlarni tekshirish, davolash hamda murakkab jarroxlik amaliyotlarini amalga oshirib kelmoqda.
Kafedramiz xodimlari tomonidan miopiya kasalligi, g’ilaylik, glaukoma, kasallliklarini davolashda o’ziga xos maktab yaratilganligini takidlab o’tish lozim. Bir yil davomida ko’z kasalliklari bo’limida 1200 ga yaqin bemor jarrohlik davo muolajalarini olib shifo topib ketayotganligi bizning ishimizning samarasini ko’rsatadi.