Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Oftalmologiya kafedrasi xodimlari 2026-yilning bahorida xalqaro akademik mobillik va ilmiy hamkorlik doirasida qator muhim tadbirlarda faol ishtirok etishdi. Bu qadamlar universitetning xalqaro nufuzini oshirish va ta'lim hamda tibbiy amaliyotga eng zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi. Akademik  mobillik dasturi doirasida dotsent D.Z. Jalalova Derjavin universiteti (Rossiya) va nufuzli “Ko‘z mikroxirurgiyasi” tarmoqlararo ilmiy-texnik kompleksi klinik bazasida stajirovka o‘tadi.

  D.Z. Jalalova “Ko‘z mikroxirurgiyasi” MNTK klinikasida amaliy mashg'ulot jarayonida

  Akademik hamkorlik va tajriba almashinuvi maqsadida 2026-yil 12-16-may kunlari S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti Oftalmologiya kafedrasi assotsiatsiyalangan professori Abdullina Venera Ravilyevna Samarqand shahrida xizmat safarida bo‘ldi. Professor V.R. Abdullina Samarqandga tashrifi davomida SamDTU Oftalmologiya kafedrasi xodimlari va talabalari uchun qator ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar o'tkazdi. Mashg'ulotlar ham kunduzgi, ham masofaviy shakllarda tashkil etildi.

  Professor V.R. Abdullina SamDTU talabalari bilan tajriba almashmoqda

  Ushbu tashrif ikki universitet o'rtasidagi do'stona va kasbiy aloqalarni yanada mustahkamladi.

  2026-yil 18-25-may kunlari tibbiyot fanlari doktori, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Oftalmologiya kafedrasi dotsenti Dilfuza Zuxriddinovna Jalalova Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahrida xorijiy xizmat safarida bo‘ldi.

  Dotsent D.Z. Jalalova Nankin shahrida (Xitoy) o‘tkazilgan nufuzli "Bright China Myopia Conference 2026" xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Ushbu tadbir Xitoyda miopiyani o‘rganish va nazorat qilish bo‘yicha eng yirik ilmiy anjumanlardan biridir. Konferensiya miopiya profilaktikasi, uni nazorat qilishning zamonaviy usullari, shaxsiylashtirilgan yondashuvlar hamda so‘nggi ilmiy tadqiqotlarni klinik amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlandi.

  D.Z. Jalalova “Bright China Myopia Conference 2026” xalqaro anjumanida SamDTU vakili sifatida.