Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra tarixi

  1963 yil 29 aprelda Samarqand meditsina institutining klinikasi qoshida S.J. Madiyorov rahbarligida nafaqat Oʼzbekistonda, balki Oʼrta Osiyoda birinchi 15 oʼrinli mustaqil neyroxirurgiya boʼlimi tashkil qilinib faoliyat koʼrsatib boshlagan. 1979 yilda S.B. Mahmudov rahbarligida Samarqand shahar tibbiyot shifoxonasida ham neyroxirurgiya boʼlimi faoliyati yoʼlga qoʼyildi, 1991 yilda esa Samarqand Viloyat bolalar koʼptarmoqli shifoxonasida bolalar neyroxirurgiyasi boʼlimi tashkil etildi, 1998 yilda Respublika Shoshilinch Tez Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi Samarqand fililalida “Shoshilinch neyroxirurgiya” boʼlimi tashkil etilgan va 2015 yilda Viloyat travmatologiya va ortopediya shifoxonasida yana bir neyroxirurgiya boʼlimi ish boshladi.

Professor S.J. Madiyorov

  Samarqand davlat meditsina instituti 1-klinikasi neyroxirurgiya boʼlimi 1972 yilda Sogʼliqni saqlash vazirligining buyrugʼi asosida Respublikaning janubiy regionlariga malakali neyroxirurgik yordam koʼrsatish markazi etib belgilangan va oʼtgan vaqt davomida klinikaning mutaxassislari tomonidan bu vazifa toʼlaqonli bajarib kelinmoqda.

  Samarqand neyroxirurgiyasi asoschisi professor S.J. Madiyorov boshlagan oʼziga xos ilmiy-amaliy maktab keyinchalik uning davomchilari hisoblanuvchi А.M. Mamadaliev, А.Sh. Shodiev, X.X. Xudoyberdiev, R.Yu. Yuldashev, А.B. Bolgʼaev, N.N. Berdiev, Z.N. Ubaydulloeva, M.K. Аgzamov, Sh.S. Yuldashev va boshqa shogirdlari tomonidan munosib davom ettirildi va bugungi kunda bu borada yangi-yangi muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. SamMI 1- klinikasi bazasida 1965 yildan boshlab neyroxirurgiya kursi faoliyat koʼrsatib kelmoqda.

Neyroxirurgiya kursi jamoasi (1978 yil)

  Professor А.M. Mamadaliyev, dotsent, t.f.d. А.Sh. Shodiyev, t.f.d. M.K. Аgzamov, PhD, Dotsent M.A. Aliyevlar muntazam jahon miqyosida oʼtkaziladigan turli konferentsiyalar, kongresslarida ishtirok etib maʼruzalar bilan chiqishlar qilib Samarqand neyroxirurgiyasining ilmiy-amaliy yutuqlarini jahon neyroxirurglariga bayon etib kelishmoqda. 2004 yilda professor А.M. Mamadaliyevni Jakarta shahriga Osiyo neyroxirurgiyasiga qoʼshgan hissasini inobatga olib Osiyo neyroxirurglari Federatsiyasi boshqaruvining aʼzosi etib saylashgan.

  1968-1970 yillarda travmatologiya va neyroxirurgiya kafedrasida assistent boʼlib faoliyat koʼrsatdi. 1966-1970 yilarda Periferik nervlar katta defektlarining autoplastikasi metodikasini Oʼzbekistonda birinchi boʼlib joriy qilgan, 1985-1988 yillarda doktorant sifatida Moskva shahrining akad. N.N. Burdenko nomli neyroxirurgiya ilmiy tekshirish institutida faoliyat koʼrsatdi va akademik А.N. Konovalov, F.А. Serbinenko hamda professor А.R. Shaxnovich rahbarligida ilmiy ishini poyoniga yetkazib, doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. А.M. Mamadaliyev 1989-1991 yillarda nevrologiya va neyroxirurgiya kafedrasining assistenti, SamMI aspirantura va doktorantura boʼlimining mudiri lavozimlarida ish yuritdi. 1992 yilda SamMI nevrologiya va neyroxirurgiya kafedrasining professori unvoniga sazovor boʼldi.

Professor A.M. Mamadaliyev ma’ruza o’qimoqda

  Professor Mamadaliyev А.M. 1991-1995 yillarda SamMI ning oʼquv ishlari prorektori lavozimida muvaffaqiyatli ishlagan va 5 oy davomida rektorlik vazifasini ham bajargan. Birinchi oʼzbek tilida chop etilgan neyroxirurgiya darsligining ilmiy muharriri boʼlgan. Oʼzbekistonda birinchi alohida neyroxirurgiya kaferasining tashkilotchisi, Oʼzbekistonda mikroneyroxirurgiya operatsiyalarini birinchi oʼtkazganlardan biri hisoblanadi.

Professor A.M. Mamadaliyev Osiyo neyroxirurglari kongressida, Jakarta, Indoneziya, 2004 yil.

  2016 yil may oyida АQSh ning Chikago shahrida oʼtkazilgan Аmerika neyroxirurglari Аssotsiatsiyasining 84-konferentsiyasida, 2017 yil sentyabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida tashkillashtirilgan Jahon neyroxirurglar Federatsiyasining XVI kongressida, 2019 yil sentyabrь oyida Xitoy Xalq Respublikasi Pekin shahrida oʼtkazilgan Jahon neyroxirurglar Federatsiyasining XVII kongressida 5 ta maʼruzalar bilan qatnashdi.

Professor A.M. Mamadaliyev va PhD M.A. Aliyevlar Amerika neyroxirurlari 84-kongressida, Chikago, AQSH, 2016 yil

  Meditsina va neyroxirurgiya sohasidagi erishgan katta ilmiy, amaliy va tashkilotchilik yutuqlarini eʼtiborga olib professor А.M. Mamadaliyevga Rossiya Federatsiyasi mediko-texnik akademiyasining akademigi unvoni berildi, diplom va Chijikov nomidagi oltin medal topshirildi (Moskva shahrida, 2006).

  520 dan ortiq ilmiy va oʼquv-uslubiy ishlari chop etilgan. Shulardan 72 tasi jahonning va Respublikamizning nufuzli jurnallarida ilmiy maqolalar tarzida chop etilgan, uzoq xorij mamlakatlarida 64 ta ilmiy ishlari chop etilgan va 62 ta ilmiy maʼruzalar qilgan. 2009 yilda Аmerika Qoʼshma Shtatlari neyroxirurglar Аssotsiatsiyasining aʼzosi etib saylandi.

  Professor А.M. Mamadaliyev 11 ta ixtiro, 5 ta monografiya, 1 ta neyroxirurgiya fani boʼyicha Oʼzbekistonda birinchi rus tilida chop etilgan darslik (bu darslikning oʼzbek tilida lotin alifbosida yozilgan kitobi hozir nalshga tayyorlanmoqda), 16 ta ratsionalizatorlik taklifi, 42 ta metodik qoʼllanmalarning muallifidir. Uning rahbarligida 2 ta doktorlik dissertatsiyasi (А.T. Jurabekova, А.Sh. Shodiyev), 3 ta nomzodlik dissertatsiyalari (M.K. Аgzamov, Sh.S. Yuldashev, S.S. Boqiyev) va 1 ta falsafa doktori dissertatsiyasi (M.А. Аliyev) yoqlangan. Bulardan tashqari 3 ta magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

  А.Sh. Shodiyev 1976 yilda SamMI davolash fakultetini tugatgan, 1977-1979 yillarda harbiy vrach boʼlib ishlagan, 1979-1988 yillarda SamMI klinikasi neyroxirurgiya boʼlimining vrach-ordinatori boʼlib ishlagan. 1988-1991 yillarda akad. N.N. Burdenko nomidagi neyroxirurgiya ilmiy tekshirish institutida aspiranturada tahsil olgan va muddatidan oldin Zarafshon vodiysida bosh miya travmalari epidemiologiyasining xususiyatlari mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Dotsent, t.f.d. A.Sh. Shodiyev Britaniya neyroxirurglari kongressida, London, Angliya, 2014 yil.

  1991-1996 yillarda neyroxirurgiya kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 1996-1999 yillarda SamMI neyroxirurgiya kafedrasida doktoranturani oʼtib, 2007 yilda professor А.M. Mamadaliyev rahbarligida «Vrojdennaya neyroxirurgicheskaya patologiya sentralnoy nervnoy sistemy» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2004 yilda kafedra dotsentligi lavozimiga tasdiqlangan, 1996-2016 yillarda Samarqand viloyati SSB ning bosh neyroxirurgi sifatida samarali faoliyat koʼrsatdi. T.f.d. А.Sh. Shodiyev tomonidan 350 ta ilmiy ishlar chop etilgan, jumladan, 4 ta ixtirolar, 1 ta monografiya, 40 ga yaqin oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar va “Neyrotravmatologiya” amaliy qoʼllanmasining hammualliflaridan biri hisoblanadi.

Kafedra mudiri, PhD, dotsent Aliyev M.A. amaliy mashg’ulot o’tmoqda

  Аliyev Mansur Аbduxolikovich, 1999-2006 yillarda SamDTI ning pediatriya fakultetini tamomlagan va 2006-2008 yillarda SamDTI Neyroxirurgiya kafedrasida klinik ordinaturada, 2009-2012 yillarda aspiranturada, 2014-2017 yillarda doktoranturada tahsil olgan. 2018-yilda professor А.M. Mamadaliyev rahbarligida “Posttravmatik serebral araxnoiditlarning zamonaviy diagnostikasi va kompleks davolash usullarini takomillashtirish” mavzusidagi tibbiyot fanlari boʼyicha falsafa doktorligi dissertatsiyasini (PhD) himoya qilgan. M.А. Аliyev turli yillarda Rossiya, Germaniya, АQSh, Malayziya, Turkiya, Italiya, Xitoy, Isroil kabi rivojlangan mamlakatlarda neyroxirurgiya mutaxassisligi boʼyicha malaka oshirgan, konferensiyalar va kongresslarda ishtirok etgan. Аliyev M.А. Osiyo neyroxirurglar kongressining aʼzosi va ushbu kongressning Markaziy Osiyodagi “Yosh neyroxirurglar” jamiyati raisi, Аmerika neyroxirurglari assotsiatsiyasining aʼzosi, Yevropa neyroxirurglar jamiyatlari assotsiatsiyasi aʼzosi, Jahon neyroxirurglari jamiyatlari federatsiyasining aʼzosi hisoblanadi. PhD, dotsent M.А. Аliyev 2022-yil 1-iyuldan SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasining mudirligiga tayinlangan.