Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  Pediatriya fakulteti Neyroxirurgiya kafedrasi qoshidagi “Yosh neyroxirurglar” talabalar ilmiy jamiyatiga 2022-2023 oʼquv yilida 51 nafar bakalavriat talabalari, 3 nafar magistratura rezidentlari, 7 nafar klinik ordinatorlar aʼzo qilib qabul qilingan va ularning barchasi doimiy ravishda kafedrada oʼtkaziladigan toʼgarak yigʼilishlarida faol qatnashib kelmoqda. Bundan tashqari TIJ ning telegram ijtimoiy tarmogʼidagi https://t.me/youngneurosurgeons sahifasiga bugungi kunda 293 ta qatnashchilar va Instagram ijtimoiy tarmogʼining neurosciences_samsmi sahifasida 121 ta follower lar aʼzo boʼlishgan. Har bir talaba kafedra oʼqituvchilariga biriktirilgan va «ustoz-shogird» anʼanalariga muvofiq ilmiy izlanishlarda faol qatnashib kelmoqda.

  Ilmiy toʼgarakka a`zo talabalarga ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borish, birlamchi hujjatlarni toʼplash, ularni qayd qilish va yuritish tartibi haqida ma`lumotlar berildi. Ilmiy maqola va tezis tayyorlash, ularning turlari, tarkibiy qismlari, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash qoidalari, materiallarni yigʼish va ularni ustida ishlash uslublari, tadqiqotning natijalari va muhokamasi, ularni chop etish tartib qoidalari toʼgʼrisida master-klasslar oʼtkazildi. Shuningdek, toʼgarak qatnashchilari SamDTU koʼp tarmoqli klinikasi neyroxirurgiya boʼlimida operatsiyalar va bogʼlov xonalardagi amaliyotlarda faol ishtirok etishdi.

Ilmiy togarak yigilishida

  Bosh va orqa miya kasalliklari, ularning zamonaviy diagnostikasi va neyroxirurgik davolash usullariga qiziquvchi talabalar ushbu to`garakka jalb etilgan. Ushbu talabalar to`garak doirasida nafaqat nazariy bilimlarni o`rganishadi, balki, turli xildagi neyroxirurgik operatsiyalarni o`z ko`zlari bilan ko`rib, ularda faol ishtirok etishadi. Bu to`garak a`zolarida katta qiziqish va ishtiyoqqa sabab bo`ladi. Operatsiya jarayonlarida qatnashgan talabalar neyroxirurgiyaning nazariy va amaliy bilimlarini uyg`unlashtirish imkoniga ega bo`lishadi. To`garak a`zolari jahon va mamlakatimizda o`tkazilayotgan har bir talabalar va yosh olimlar konferensiyalarida muntazam ravishda faol ishtirok etib, faxrli o`rinlarni egallab kelishmoqda. Shu tufayli "Yosh neyroxirurglar" to`garagiga boshqa talabalar tomonidan bo`lgan qiziqish juda yuqori va to`garak qatnashchilari soni tobora ortib bormoqda.

To’garak a’zolari kafedra professor-o’qituvchilari bilan Samarqand-2020 xalqaro talabalar olimpiadasida

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar bevosita кafedra mudiri, PhD, dotsent M.A. Aliyev rahbarligida assistent Jo`rayev Anvar Mamatmurodovich talabalarga va yosh neyroxirurglarga neyroxirurgiyaning mohiyati nimadan iboratligini va ushbu sohada yetuk mutaxassis bo`lish uchun nimalarga e`tibor berish lozimligi bo’yicha yaqindan ko`mak berib kelmoqda.

  To`garak sardori: Xolmurodova H.Х., 1-Davolash ishi fakulteti, 541-guruh talabasi, 55 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 21 ta diplom, 36 ta sertifikat, "rektor stipendiyasi" sohibasi. Bundan tashqari, to’garakning a’zolari muntazam Xalqaro va Respublika miqyosidagi konferensiyalar va olimpiadalarda ishtirok etib, faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda.

  Kafedrada o’tkaziluvchi to’garak yi’gilishlarida mahalliy va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etish, talabalarning oratorlik qobiliyatini shakllantirish, bajarilgan ishlar samarasi va ilmiy ishlar natijalari tahlil etiladi.

“Yosh neyroxirurglar” to’garagi yig’ilishi

  Bundan tashqari har bir to‘garak yig‘ilishida talabalar alohida mavzular bo‘yicha maʼruzalarni prezentatsiya qilishib, amaliyot tarzda operatsiyalar va bog‘lov xonalardagi manipulyasiyalarda faol ishtirok etib boradilar, shuningdek, talabalar “Neyroxirurgiya” va “Harbiy-dala xirurgiyasi” fanlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar bilan ilmiy rahbarlari nazoratida mustaqil shug‘ullanishdi.