×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  “Gigiyena” kafedrasi Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Ilmiy kengashining 2022-yil 5-sentyabrdagi № 1-sonli yig‘ilish qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Mazkur qarorga ko‘ra, avval faoliyat yuritib kelgan “Umumiy gigiyena va ekologiya” kafedrasi tarkibidan ajratilib, mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida yangi “Gigiyena” kafedrasi tuzildi.

  Kafedraning alohida tashkil etilishi profilaktik tibbiyot, jamoat salomatligi va atrof-muhit gigiyenasi sohalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv jarayonlarini yanada takomillashtirishga xizmat qildi. Bu qaror natijasida talabalarga gigiyena fanining asosiy yo‘nalishlari chuqurroq o‘qitila boshlandi, shuningdek, ilmiy izlanishlar alohida kafedra doirasida kengroq ko‘lamda amalga oshirilishiga imkon yaratildi.

  Kafedraning mustaqil faoliyat boshlashi nafaqat universitetdagi ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun hududda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va aholining sanitariya-gigiyenik savodxonligini oshirishda ham muhim qadam bo‘ldi. Shundan buyon kafedra o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali amalga oshirib, gigiyena sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish va profilaktik tibbiyot yo‘nalishini rivojlantirishda faol ishtirok etib kelmoqda.