"Gigiyena" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh gigiyenistlar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish. Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun sanitar gigiyenik bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning sanitar-gigiyenik va profilaktik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.
Tibbiy bilimlar va faoliyatning sanitar-gigiyenik va profilaktik muammolarigaqiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar
To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Elmurodova Lenara Xudayberdiyevna bugungi kundaassistent lavozimida, shuningdek 50 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.
Kichik kurs sardori: Samandarova SharofatIlhom qizi Boshqaruv va menejment fakulteti 4 kurs talabasi, 5 ta ilmiy maqolaning muallifi va "Biz korruptsiyaga qarshimiz" tanlovining 1-darajali diplom sohibasi.
Katta kurs sardori:Umarov Faxriddin Baxriddin o’g’li Boshqaruv va menejment fakulteti 5 kurs talabasi, Fan olimpiadalarida faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda.Bundan tashqari 16 ta ilmiy maqolaning muallifi va 4 ta diplom, 20 ta sertifikat, 4 ta faxriy yorliq, 2 ta minnatdorchilik xati egasi.
To’garagimizda 25 ta talaba bor. Har bir talaba o’ziga berkitilgan o’qituvchilar bilan mutaxassislika doir mavzular bo’yicha maqola va tezeslar yozishadi.

Talabalar ilmiy to’garagi talabalari SES lobaratoriyasida psexrometr asbobini ishlash texnikasi bilan tanishishmoqda.

Kafedra mudiri P.N.Fayziboyev talabalarga ovqatlanish gigiyenasiga doir lobaratoriya jihozlari bilan tanishtirmoqda.
Ulashish