Joriy yilning 17-20-sentyabr kuni Samarqand Citydagu Silk road by Minyoun mehmonxonasida YEVROOSIYO BOLALAR JARROHLARI KONFEDERATSIYASINING I-KONGRESSI bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda yurtimiz bilan bir qatorda Yevropa, Rossiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Ozarbayjondan ko‘plab mamlakatlaridan soha vakillari ishtirok etdi.
Kongress ochilishida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, mazkur kongressning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Shuningdek, taniqli olim, bolalar xirurgiyasi maktabi asoschisi, professor Azamat Shamsiev tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ustozni muborakbod etib, uzoq umr va sihat-salomatlik tiladi.
Yalpi majlisdan so‘ng kongress o‘z ishini 5 ta sho‘baga bo‘lingan holda davom ettirdi.
Kongress davomida neontal, abdominal va troktal jarrohlik, shoshilinch jarrohlik kabi yo‘nalishlardagi yangi ilmiy va amaliy yutuqlar muhokama qilindi. Shuningdek, olimlar tomonidan sohaga doir 200 dan ortiq ma’ruzalar amaliy mahorat darslari hamda murakkab laparoskopik jarrohlik amaliyotlari bajarildi.
YEVROOSIYO BOLALAR JARROHLARI KONFEDERATSIYASINING I-KONGRESSI yurtimizda sohani yangi bosqichga ko‘tarish bilan bir qatorda sog‘liqni saqlash tizimiga jahon tajribasini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
SamDTU Matbuot xizmati