Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash tizimi xalqaro baholashdan o‘tmoqda: Jarayonlar Samarqand davlat tibbiyot universitetida kuzatilmoqda

  Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) ekspertlari O'zbekiston Respublikasi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash faoliyatini xalqaro standartlar asosida baholamoqda. Ushbu nufuzli xalqaro o'rganishlar doirasida ekspertlar Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilayotgan davlat akkreditatsiyasi jarayonlarini bevosita kuzatib bormoqdalar.

  WFME baholashining asosiy markazida – Agentlikning akkreditatsiya tizimi qanchalik ishonchli va shaffof ishlashi yotadi.

  Xususan, xalqaro ekspertlar quyidagi yo'nalishlarga alohida e’tibor qaratmoqda:

  • Tashqi baholash mexanizmlarining amaliyotda qanday tashkil etilishi;
  • Akkreditatsiya ekspertlarini tanlash va ularni tayyorlash metodikasi;
  • Jarayonda qaror qabul qilishning mutlaqo mustaqilligi va ochiqligi;
  • Akkreditatsiyadan keyingi davrda ta'lim muassasasi ustidan monitoring olib borish tizimi.

  Ushbu jarayonlar yakuniga ko'ra ijobiy qaror qabul qilinsa, milliy Agentligimizning tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash faoliyati WFME mezonlariga to'la muvofiqligi xalqaro darajada tan olinadi. Bu esa o'z navbatida milliy tibbiy ta'lim dargohlari, jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti diplomlarining xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

  Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda WFMEning rasmiy ro‘yxatidan 50 dan ortiq xalqaro miqyosda tan olingan akkreditatsiya agentliklari joy olgan bo'lib, ular qatorida AQSh, Kanada, Yaponiya va Germaniya kabi rivojlangan davlatlarning agentliklari ham mavjud.


SamDTU Matubot xizmati