“Biz yoshlar giyohvandlikka, psixotrop moddalarga va jinoyatchilikka qarshimiz!” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi
Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash hamda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Biz yoshlar giyohvandlikka, psixotrop moddalarga va jinoyatchilikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand viloyati IIB mas'ul xodimlari, viloyat narkologiya bo'limi boshlig'i, universitet ma'muriyati hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning inson salomatligi, ta’limi, oilaviy va ijtimoiy hayotiga salbiy ta’siri haqida fikr almashildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.







SamDTU Matbuot xizmati