Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Med Talk” intellektual debatlari o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Med Talk” intellektual debatlari bo‘lib o‘tdi.

  Tadbir universitetning Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda talabalardan iborat jami 8 ta jamoa ishtirok etib, bahslar o‘zbek va rus tillarida (har bir yo'nalishda 4 tadan jamoa) olib borildi.

  Debatlar davomida ishtirokchilarga Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) kun tartibidan o'rin olgan eng dolzarb ijtimoiy va global masalalar taqdim etildi. Qizg'in munozaralar jarayonida talabalar o‘z pozitsiyalarini aniq fakt va dalillar bilan himoya qilish, tanqidiy fikrlash, jamoaviy ishlash va katta auditoriya oldida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini amalda namoyon etdilar.

  Bunday intellektual tadbirlar bo'lajak tibbiyot xodimlarining nafaqat o'z sohasi, balki xalqaro jarayonlar haqidagi dunyoqarashini kengaytirishga, shuningdek, jamiyatdagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikrini erkin va ravon ifoda etish layoqatini shakllantirishga xizmat qiladi.

  Yakunda e'tirof etilganidek, “Med Talk” platformasi talabalar uchun o'zaro bilim va tajriba almashish, yangi g'oyalar bilan o'rtoqlashish hamda mazmunli bahs-munozara olib borish uchun muhim maydon vazifasini o'tab berdi.


6ac208ac4b412.jpg

6ac208b5817ac.jpg

6ac208bdab4a8.jpg

6ac208c762d5b.jpg

6ac208cf423ea.jpg

6ac208da0bda4.jpg

6ac208ea47605.jpg

6ac208f40aff1.jpg

  

SamDTU Matbuot xizmati