Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Ilm va ma’rifat fidoyilariga yuksak ehtirom!

  1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida ustoz va murabbiylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatishga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

  Bayram tadbiri Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati musiqali drama teatrida ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, jamoatchilik vakillari hamda universitet jamoasi ishtirok etdi.

  Tadbirda universitet rektori, professor Jasur Rizayev so‘zga chiqib, mamlakatimiz taraqqiyoti, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi va malakali mutaxassislarni tayyorlashda ustoz va murabbiylarning beqiyos o‘rni haqida alohida ta’kidladi. Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

  Tadbir davomida o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, fidoyiligi va ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘shayotgan munosib hissasi bilan jamoada alohida o‘rin tutgan professor-o‘qituvchilar munosib taqdirlandi. Ularga ko‘krak nishonlari, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

  Tadbirning ikkinchi qismi esa san’atkorlarning chiqishlari, kuy-qo‘shiqlarni o‘z ichiga olgan bayramona konsert dasturi bilan davom etdi.

SamDTU Matbuot xizmati