“Tinchlik – eng oliy neʼmat” va “Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan kurash!” mavzularida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Samarqand davlat tibbiyot universitetida yoshlarni turli yot g'oyalardan asrash, ularda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori E.Tangirov ochib berdi. O'z so'zida u talabalarni ilm-fan hamda kasb-hunarga yo'naltirish — jinoyatchilik va yot g'oyalarning oldini olishda eng asosiy omil ekanligini alohida ta'kidladi.
Uchrashuvda qatnashgan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi R.Sultonov yig'ilganlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm va aqidaparastlik xavfidan ogohlantirdi. Shuningdek, u bunday tahdidlarga qarshi faqatgina ma'rifat va sog'lom dunyoqarash orqali kurashish mumkinligini qayd etdi.
Tadbir davomida so'zga chiqqan O.Eshmurodov yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish faqatgina huquq-tartibot idoralarining emas, balki butun jamiyatning, xususan, har birimizning muhim vazifamiz ekanligiga e'tibor qaratdi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarni ogohlikka chaqirib, ularda vatanparvarlik tuyg'ularini yanada yuksaltirishga, qolaversa, jamiyatdagi tinchlikning naqadar oliy ne'mat ekanligini anglashga xizmat qildi.






SamDTU Matubot xizmati