Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​LEISHMANIOZNI ZAMONAVIY TASHXISLASH VA IN VITRO KO‘PAYTIRISH BO‘YICHA XALQARO SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

  2026-yil 21–24-sentabr kunlari Samarqand shahrida leishmanioz kasalligini zamonaviy tashxislash, laboratoriya tadqiqotlari va in vitro sharoitida ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan 4 kunlik xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

  Tadbir OIC–COMSTECH, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, SamDTU huzuridagi L.M. Isayev nomidagi Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Neglected Tropical Diseases Global Network hamkorligida tashkil etildi.

  Seminar davomida ishtirokchilar leishmaniozning epidemiologiyasi, klinik va differensial tashxisi, zamonaviy mikroskopik va molekulyar diagnostika usullari, Leishmania spp. ni ajratish va kultivatsiya qilish, in vitro ko‘paytirish va krioprezervatsiya, laboratoriya xavfsizligi hamda dori vositalariga sezuvchanlikni baholash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini boyitdilar.

  Tadbirning dastlabki kunida 200 dan ortiq ishtirokchini birlashtirgan umumiy konferensiya tashkil etilib, ochilishda so'zga chiqqan SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev,  Samarqand viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i Suxrob Zayniyev hamda boshqalar tashkil etilgan anjumanning tibbiyotimizni rivojlantirish hamda xalqaro tajriba almashishdagi ahamiyatini alohida ta'kidladilar.  Plenar yig'ilishdan so'ng leishmanioz kasalligining epidemiologiyasi, profilaktikasi, zamonaviy davolash va tashxislash usullari bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar tinglandi.

  Keyingi kunlarda esa mutaxassislar uchun amaliy treninglar tashkil etilib, laboratoriya sharoitida zamonaviy tadqiqot metodikalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilar Urgut tumaniga tashrif buyurib, leishmanioz bilan bog‘liq amaliy kuzatuvlar va epidemiologik jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.

  Seminar-treningda ko'plab xorijiy davlatlardan yetakchi olim va mutaxassislarning ishtirok etgani tadbirning xalqaro ilmiy ahamiyatini yanada oshirdi.

  Mazkur xalqaro tadbir nafaqat zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar almashinuvi, balki turli mamlakatlarning yosh olimlari va mutaxassislari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlar va xalqaro loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma bo‘ldi.


SamDTU Matbuot xizmati