SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA GIYOHVANDLIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
Samarqand davlat tibbiyot universitetida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarning huquqiy va ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati giyohvandlik va psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda universitet ma’muriyati ishtirok etdi.
Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari hamda bunday illatlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlar orasida zararli odatlarga qarshi immunitetni shakllantirish, hushyorlik va ogohlikni oshirish, sog‘lom hayot tamoyillariga amal qilish muhimligi ta’kidlandi.






SamDTU Matbuot xizmati