Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​SamDTU va A.S. Pushkin nomidagi davlat rus tili instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

 Joriy yilning 13-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga A.S. Pushkin nomidagi Davlat rus tili instituti rektori Nikita Vladimirovich Gusev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida universitet rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

  Mazkur tashrif O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan hamda gumanitar aloqalarni mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

  Imzolangan memorandum ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish va istiqboldagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishni nazarda tutadi.

  Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, A.S. Pushkin nomidagi Davlat rus tili instituti tashabbusi bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida «Kelajak olimlari» xalqaro loyihasi doirasida Rossiyaning yetakchi ilmiy tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari olimlari, professorlari hamda ekspertlari ishtirokida ilmiy-ma’rifiy ma’ruzalar ham tashkil etildi.

SamDTU Matbuot xizmati