SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRI SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
Joriy yilning 19-oktyar kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Adilov Eldor Erkinovich tashrif buyurdi. Vazirni universitet rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi.
Tashrif davomida Eldor Erkinovich universitetning ta’lim va ilmiy faoliyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, shuningdek, o‘quv jarayonlarini tashkil etish tizimi bilan yaqindan tanishdi.
Universitetda tibbiy ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda bo‘lajak shifokorlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tashrifning asosiy yo‘nalishlaridan bo‘ldi.
Mazkur tashrif sog‘liqni saqlash tizimi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, tibbiy ta’limni yanada takomillashtirish va zamonaviy tibbiyot talablariga mos ta’lim muhitini rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalarga e’tibor qaratish imkonini berdi.









SamDTU Matbuot xizmati