Xalqaro delegatsiya Samarqand davlat tibbiyot universiteti faoliyati bilan tanişdi
Ayni kunlarda Samarqand şahrida “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uçun barqaror va adolatli taraqqiyot yölida” Butunjahon sammiti bölib ötmoqda.
Bugun mazkur sammit mehmonlaridan iborat delegatsiya, jumladan, Belarus Respublikasi Boş vaziri örinbosari Pedkeviç Natalya Vladimirovna, Belarus Respublikasining Özbekistondagi elçisi Ogorodnikov Aleksandr Sergeyeviç, Turkmaniston Tibbiyot universiteti rektori Koşayev Garabeg Begenjeviç, Turkmaniston Tibbiyot universiteti Ona va bola salomatligini muhofaza qiliş öquv-ilmiy markazi direktori Saryeva Gazigul hamda Buxoro davlat tibbiyot universiteti rektori Şuxrat Jumayeviç Teşayevlar Samarqand davlat tibbiyot universitetiga taşrif buyurdi.
Taşrif doirasida mehmonlar universitetning ta’lim tizimi, öquv jarayonlarini taşkil etiş mexanizmlari, zamonaviy ta’lim infratuzilmasi hamda talabalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.
Mehmonlar universitetda tibbiyot kadrlarini tayyorlaş, ta’lim sifatini oşiriş, ilmiy salohiyatni rivojlantiriş hamda zamonaviy tibbiy ta’lim uçun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanişiş barobarida, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş istiqbollariga ham alohida e’tibor qaratdilar.
Mazkur taşrif tibbiy ta’lim va ilm-fan sohasida xalqaro muloqotni mustahkamlaş, ilğor tajriba almaşiş hamda kelajak avlod salomatligi yölida hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim ahamiyat kasb etadi.












SamDTU Matbuot xizmati