Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​"Milliy qadriyatlar va ularning millat ma'naviyatidagi o'rni. Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashamiz" shiori ostida tadbir o'tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida talaba-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

  Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i S. Boymurodov ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan milliy va umuminsoniy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati hamda ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishda ma’rifatning o‘rni xususida fikr almashdi.

  Muloqot davomida milliy an’analarimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan boy ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, yoshlar orasida bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va diniy-ma’rifiy bilimlarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

SamDTU Matbuot xizmati