Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​"Oftalmologiya istiqbollari va rivojlanishida yosh olimlarning o‘rni" mavzusida xalqaro anjuman o'tkazildi

  Joriy yilning 17-oktyabr kuni yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish, oftalmologiya sohasidagi dolzarb muammolarni muhokama qilish hamda zamonaviy ilmiy yutuqlarni amaliyotga tatbiq etishga bag‘ishlangan "Oftalmologiya istiqbollari va rivojlanishida yosh olimlarning o‘rni" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

  Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etilgan anjumanda mahalliy hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tibbiy markazlar vakillari, professor-o‘qituvchilar, magistrlar, klinik ordinatorlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi yosh tadqiqotchilarga o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka taqdim etish, tajriba almashish, yangi ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va oftalmologiya sohasidagi istiqbolli tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun imkoniyat yaratishdan iborat bo‘ldi.

  Anjuman doirasida ko‘z kasalliklarini erta aniqlash va davolash, glaukoma va miopiya, diabetik retinopatiya, ko‘z jarohatlari, bolalar oftalmologiyasi, zamonaviy diagnostika usullari, optik kogerent tomografiya hamda tibbiyotda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish kabi dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Yosh olimlar o‘z tadqiqot natijalarini taqdim etib, soha mutaxassislari bilan ilmiy munozara va fikr almashuvlarda qatnashdilar.

  Konferensiyada Rossiya, Belarus, Tojikiston va Qozog‘istonning yetakchi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlari vakillarining ishtirok etishi tadbirning xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini yanada oshirdi.

  Yosh olimlarning ilmiy izlanishlari — tibbiyot kelajagi, zamonaviy oftalmologiya taraqqiyoti va inson salomatligini asrash yo‘lidagi muhim qadamdir.


SamDTU Matbuot xizmati