Yaponiyaning yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Joriy yilning 12-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Yaponiya–O‘zbekiston Ipak yo‘li jamg‘armasi (JUSRF) delegatsiyasining «Sog‘liqni saqlash» ishchi guruhi vakillari tashrif buyurdi.
Delegatsiyaga jamg‘arma direktori, sog‘liqni saqlash bo‘yicha ishchi guruh rahbari, «Sakura Global Holding» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi hamda OMETA tashkiloti raisi Kenichi Matsumoto rahbarlik qildi.
Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, Yaponiya tajribasini o‘rganish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashinuvini kengaytirish hamda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi.





SamDTU Matbuot xizmati