Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

BILIMLI QIZLAR — BILIMLI OILA: SAMDTU TALABA-QIZLARINING YUTUQLARI

  Jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlarning, xususan, bo'lajak mutaxassislarning o'rni beqiyos. Samarqand davlat tibbiyot universitetida "Bilimli qizlar — bilimli oila" g‘oyasi doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan va innovatsiyalarga bo'lgan qiziqishlarini rag'batlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sa'y-harakatlar bugungi kunda o'zining yorqin mevalarini bermoqda va iqtidorli talaba-qizlarimiz ta’lim hamda innovatsiyalar sohasida barchaga o‘rnak bo‘lmoqda.

  Xususan, raqamli texnologiyalar asrida tibbiyot va IT sohasini uyg'unlashtira olayotgan yoshlarimiz safi kengayib borayotgani quvonarlidir. Bunga yaqqol misol tariqasida, universitetimizning Pediatriya fakulteti 507-guruh talabasi Malika Abduvaliyevaning muvaffaqiyatini keltirish mumkin. U Samarqand davlat universitetining Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar institutida o‘tkazilgan “IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining hududiy bosqichida ishtirok etib, “Veb-ishlanmalar” yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni egalladi. Ushbu g'alaba bo'lajak shifokorlarning axborot tizimlarini yaratishdagi yuqori salohiyatini namoyon etdi.

  IT sohasidagi bu kabi yutuqlar bilan bir qatorda, talaba-qizlarimiz tibbiyot muhandisligi kabi murakkab va yangi yo'nalishlarda ham dadil izlanishlar olib bormoqda. Buning isboti sifatida, universitetning 1-pediatriya va neonatologiya kafedrasi magistratura rezidenti Dilshoda Bahronovaning natijasini alohida ta'kidlash joiz. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Kelajak muhandislari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida munosib ishtirok etdi. Iqtidorli talabamiz o‘zining “Urinal Eco” innovatsion loyihasi bilan tanlovning “Eng yaxshi g‘oya” yo‘nalishi, “Talaba” kategoriyasida faxrli 3-o‘rinni egalladi

  Oliygohda so‘nggi yillar davomida shakllangan sog'lom ilmiy muhit natijasidir. Jumladan, so‘nggi uch yil ichida iqtidorli yoshlarimiz orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyalari sohibalarining yetishib chiqayotgani ham qizlarimizning ulkan ilmiy salohiyati hamda tinimsiz izlanishlaridan dalolat beradi.

  Bir so'z bilan aytganda, universitetimiz talaba-qizlarining bugungi yutuqlari — yurtimizda yosh avlodning bilim olishi va o'z intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarning amaldagi namunasidir.

6acf1b35a04b8.jpg

SamDTU Matbuot xizmati