Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Saudiya Arabistoni kompaniyasi bilan hamshiralar tayyorlash borasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

  Joriy yilning 19-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Saudiya Arabistonining “Kdot Partners” kompaniyasi rahbari Faysal al-Dovud boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  Tashrif davomida universitet rahbariyati va delegatsiya a’zolari o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, tibbiy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, hamshiralik ishi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish hamda bitiruvchilarni Saudiya Arabistonida ishga joylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

  Xususan, “Kdot Partners” kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Hamshiralik amaliyotiga o‘tish va malaka oshirish dasturi” (Nursing Transition to Practice and Skills Enhancement Program) doirasida universitet bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quv markazlarini tashkil etish, hamshiralarni xalqaro mehnat bozori talablari asosida tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

  Uchrashuv yakunida Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda “Kdot Partners” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, hamkorlikning dastlabki bosqichida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, mutaxassislar tayyorlash va kelgusida amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

  SamDTU Matbuot xizmati