Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​Samarqand davlat tibbiyot universitetida Hindiston kuni munosabati bilan bayram tashkil etildi

      Oʻzbekiston hamda Hindiston davlatlarining oʻzaro doʻstlik aloqalari uzoq tarixga ega. Bu mustahkam doʻstlik bugungi kunda ham koʻplab sohalarda davom etib kelmoqda. Xususan, taʼlimda. Bugungi kunda Samarqand davlat tibbiyot universitetida koʻplab xorijlik talabalar qatorida ikki mingga yaqin hindistonlik talabalar ham tahsil olib kelmoqda.

      Hind xalqining katta bayramlaridan hisoblangan 26-yanvar – Respublika kuni munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida Hindiston madaniyati kuni bayrami tashkil etildi. Bayramni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor, Jasur Rizayev ochib berdi hamda ikki xalq oʻrtasidagi mustahkam doʻstlik aloqalari haqida soʻz yuritib, mazkur tadbirning katta ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi. Shuningdek, tadbirda Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari ham ishtirok etib, oʻzlarining iliq fikrlarini bildirdilar.

      Koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan bayram dasturida hindistonlik talabalar jamoasi tomonidan Hind xalqining tarixi va madaniyatini oʻzida aks ettirgan sahna koʻrinishlari, milliy raqslar va kuy-qoʻshiqlar hamda turli qiziqarli chiqishlar namoyish etildi.

      Shuningdek, SamDTUda tahsil olayotgan faol va namunali hindistonlik talabalar faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

      Tashkil etilgan tadbir ikki xalq oʻrtasidagi mustahkam doʻstona aloqalarni yanada mustahkamlashga zamin yaratadi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.


    SamDTU matbuot xizmati