Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Morfologiya yoʻnalishlarida talabalar ilmiy konferensiyasi boʻlib oʻtdi

  Talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, iqtidorli yoshlarni saralash maqsadida, Samarqand davlat tibbiyot universitetida morfologiya yoʻnalishlarida taʼlim oluvchi talabalar uchun ilmiy konferensiya tashkil etildi. Mazkur konferensiya Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi hamda morfologik kafedralar koʻmagida tashkil etildi.

  Patologik fiziologiya, Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya, OXTA, Gistologiya sitologiya va embriologiya, odam anatomiyasi va fiziologiya yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilgan ilmiy anjumanda Universitet talabalari ilmiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Sohaga tegishli bir qancha qiziqarli mavzular keng muhokamaga qoʻyilib, bahs-munozaralar oʻtkazildi.

  Anjuman davomida talabalarni taqdimotlari baholanib borildi, yakunida eng namunali deb baholangan ishlar mualliflari I, II va III darajali diplomlar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

  Oʻtkazilgan ilmiy anjuman talaba yoshlar uchun yaxshi taassurot qoldirish bilan birga ular uchun ilk ilmiy tadqiqot maydoni vazifasini ham oʻtashga xizmat qildi.




SamDTU matbuot xizmati