Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Rossiyalik professorni ortopedik stomatologiya boʻyicha master-klassi

  8-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti (Moskva sh., RF) “Ortopedik stomatologiya” kafedrasi professori Andrey Akulovichning tashrifi amalga oshirildi.

  Tashrif doirasida xorijlik professor SamDTU rektori professor Jasur Rizayev tomonidan qabul qilindi va doʻstona ruhda oʻtgan muzokaralar davomida professor Andrey Akulovich bilan kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish, universitet professor-oʻqituvchilari uchun muntazam ravishda uslubiy mahorat darslarini oʻtkazish va yana bir qator loyihalar boʻyicha kelishib olindi.

  Professor A.Akulovichni universitet muzeyi, terapevtik stomatologiya va ortopedik stomatologiya kafedralariga tashrif davomida xorijlik mehmon yaratilgan shart-sharoitlar va talabalarni taʼlim olishlari uchun mavjud imkoniyatlarga yuqori baho berdi.

  SamDTU katta majlislar zalida professor Andrey Akulovich tomonidan universitet talabalari va professor oʻqituvchilari uchun “Periodontal kasalliklarni kompleks davolashda tishlarni splintlash” mavzusida seminar va mahorat darsi oʻtkazildi. Darslar davomida periodontal kasallik bilan kelgan bemorlarni zamonaviy kompleks davolash usullari va ularning samaradorligi, ustunlik tomonlari, bu tuzilmalar bilan ishlashni oʻrganish ishlari batafsil tushuntirildi. Ishtirokchilar mavzu boʻyicha barcha qiziqqan savollariga javoblar oldilar.





SamDTU matbuot xizmati