Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan. Kafedra faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri talabalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasb-hunar faoliyatiga bo'lgan qiziqishni, sog'lom turmush tarziga bo'lgan ehtiyojni tarbiyalash hisoblanadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun kafedrada “Biotexnologiya, injinering va farmatsiya” fakultetining talabalariga guruh murabbiylari tayinlangan. Ularning faoliyati tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Murabbiylar rahbarligida talabalar ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etib, Samarqand shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyurishadi.
Fakultet talabalari tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, milliy kurash, yengil atletika bo'yicha sport seksiyalarida ishtirok etib, universititet sport majmuasi negizida shug’illanishmoqda.
Rejagamuvofiq tarixiy sanalar, milliy bayramlar, sport musobaqalari, ichki ishlar organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, ma'naviyat va ma’rifat bo’limi, “Yoshlar ittifoqi” va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda turli tadbirlar o'tkazilmoqda.
Har bir murabbiyda reja mavjud bo'lib, uning asosida murabbiylik guruhi bilan turli tadbirlar o'tkaziladi. Har bir murabbiy talabaning kundalik hayoti haqida ma'lumotga ega. Shuningdek, albomlar mavjud bo'lib, unda barcha ma’lumotlar aks ettirilgan. Fakultet dekani, dekan o'rinbosarlari va tyutorlar guruh murabbiylari va talabalar bilan muntazam ravishda uchrashadilar.
Shuningdek kafedraga biriktirilgan texnikum, maktab va mahallalar bilan doimiy hamkorlik o’rnatilgan.


