Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra tarixi

  Samarqand tibbiyot institutida farmakologiya fanidan dars berish birinchi marta 1932 -yilda professor I.V. Troitskiy tomonidan boshlangan.

  1935- yilda kafedrani 10 yil boshqargan N.K. Klemparskiy farmakologiya kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu davrda kafedra mudiri N.K. Klemparskiy va assistant Zolotuxinaga tegishli bir nechta jurnal maqolalari yozildi.

  1942- yilda Harbiy tibbiyot akademiyasi Leningraddan Samarqandga evakuatsiya qilindi va professor V.M.Karasik farmakologiya kafedrasining mudiri bo'ldi, ammo tez orada uning o'rnini G.A. Mednikyan egalladi.

  Farmakologiya kafedrasiga rahbarlik qilgan davrda professor V.M. Karasik va G.A. Mednikyan kafedraning o'quv, ayniqsa ilmiy-tadqiqot ishlarini jonlantirdilar.

  Harbiy tibbiyot akademiyasi (1944- yil) qayta reevakuatsiya qilingandan so'ng, N.K. Klemparskiy yana farmakologiya kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

  1945-1946-o'quv yilida farmakologiya kafedrasi mudiri lavozimini o’rindoshlik asosida patofiziologiya kafedrasi mudiri, dotsent X.R. Farxadi boshqardi.

  1946-yilning bahorida farmakologiya kafedrasi mudiri lavozimiga tanlov asosida dotsent I.E. Akopov saylandi va u 1958- yilgacha kafedra mudiri lavozimida ishladi.

  I.E. Akopov ishlagan davrda ilmiy-tadqiqot ishlarida va  fan nomzodlarini tayyorlashda sezilarli jonlanish kuzatildi. 1949- yildan 1958- yilgacha farmakologiya kafedrasi xodimlari I.E.Akopov (I.E. Akopov, I.I. Ibragimov, M.M. Mansurov, E.A. Belyavskaya, F.A. Aslitdinov) rahbarligi ostida maxalliy o’simliklardan olinadigan dorivor moddalarning ta’sirini o’rganishga  katta e’tibor berildi. U kishi rahbarligida  yangi preparat  Afillin xlorgidrati ajratib olinadi va uning mahalliy anesteziyalovchi xususiyati bo’yicha novakainga tengligi isbotlanadi. 

  1958- yildan 1962- yilgacha kafedraga dotsent S.M. Tregubov raxbarlik qiladi.

  Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent . Astraxan DTI bitiruvchisi 33 ta ilmiy va o'quv uslubiy tavsiyalar  va maqolalar muallifi.

  1962- yildan 1968- yilning martigacha kafedrani V.A.Konovalova boshqargan davrda kafedra xodimlari 2 ta “Mahalliy o'simlik materiallaridan yangi gemostatik va antikoagulyant vositalarni qidirish” va “Quinolizidin alkaloidlarining farmakologik tadqiqoti yonalishida” ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradilar.

  1968- yil 1- apreldan boshlab 1993-yilgacha farmakologiya kafedrasi mudirligi lavozimida dotsent M.Mansurov faoliyat olib borgan.

  1968- yildan 1993- yilgacha 85 ta maqola nashr qilindi va nashrga qabul qilindi, 5 ta nomzodlik dissertatsiyasi va bitta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Ularning barchasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan.

  1993-95 va 1997-99- yillarda professor Ibadova D.N. farmakologiya kursi bilan birgalikda klinik farmakologiya kafedrasini boshqardi.

  D.N. Ibodova 1975 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va 1976-1977- yillarda farmakologiya kafedrasida assistent bo'lib ishlagan. 1986- yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va 1987- yilda professor unvoniga sazovor bo'ldi.

  1995 – 1997, 1999-2001va 2003-2004- yillarda kafedrani dotsent Xusanov SH.X. boshqargan.

  Sh. X., Xusanov 1974- yilda farmakologiya kafedrasiga assistent sifatida ishga qabul qilindi.

  O'sha yili u nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi, 1 ta monografiya, 2 ta mualliflik guvohnomasi va 35 ta ilmiy va o'quv uslubiy tavsiyalar  va maqolalar muallifi.

  2001-2003- yillar Qarshiev D.N. farmakologiya kafedrasi mudiri etib tayinlandi.

 Qarshiev D.N. 1988–90 yillarda ToshDTI farmakologiya kafedrasida katta laborant bo'lib ishlagan.

  1990-1991-yillar va 1994–1996-yillar SamDTIning farmakologiya kafedrasida assistent bo'lib ishlagan.

  1991–1994-yillar esa 1-ToshDTIning farmakologiya kafedrasida aspiranturani o'tagan.

  D.N. Qarshiev 1994- yilda nomzodlik, 2000- yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

  1996 – 1999- yillar  SamDTIning farmakologiya  kafedrasida doktoranturani o'tagan. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir.

  2004-2008- o'quv  yillari farmakologiya kafedrasini dotsent Xusanov Sh.X. boshqargan.

 2008- yildan – farmakologiya kafedrasiga (2011-2012-yillar bioanorganik ,bioorganik, biologik kimyo va farmakologiya kafedrasi mudiri; 2017-2020-yillar farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri) tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Yuldashev S.J. rahbarlik qilib kelmoqda.