×
Menu
Close Menu

Turkiyalik olimga universitet faxriy professori unvoni berildi

  Joriy yilning 9-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yevropa urologiya-andrologiya assotsiatsiyasi vitse prezidenti, Istanbul Universiteti professori Ateş Kadıoğlu tashrif buyurdi.

  Tashrif davomida uchrashuvlar tashkil etilib, kelgusida klinik ordinatorlarni  Istambul tibbiyot universitetida qisqa va uzoq muddatli o‘quv kurslariga jalb qilish, Samarqand davlat tibbiyot universiteti urologiya kafedrasi hamda Istambul universiteti xodimlari tomonidan hamkorlikda uro-andrologiya sohalarida bir qator loyihalarni amalga oshirish hamda akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

  Shuningdek,  Ateş Kadıoğlu tomonidan talabalar uchun “Turkiyada urolog shifokor bo‘lishning talablari”  mavzusida ma’ruza qilinib, fikr almashildi.

  Yakunda  Istanbul Universiteti professori Ateş Kadıoğluga “Samarqand davlat tibbiyot universitet faxriy professori” unvoni topshirildi.


SamDTU Matbuot xizmati