Kafedrada davolash ishi fakultetinining 2- 3- kurs , pediatriya fakultetining 2-3- kurs stomatologiya fakultetining 2-3-kurs, tibbiy profilaktika fakultetining 3-kurs, tibbiy biologiya fakultetining 3-kurs, OHI fakultetining 2-kurs, farmatsiya fakultetining 5-kurs, shuningdek qo’shma ta’lim dasturlarining 2-kurs kosmetologiya ishi , 3-kurs stomatologiya ishi, 3-kurs klinik psixologiya ishi hamda xalqaro fakultetning 2-3- kurs talabalari “ Farmakologiya” fani dasturi asosida taxsil olishadi.
   O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
 – Kvalifikatsion tavsifnoma;
 – Davlat standarti;
 – O’quv dasturi;
 – O’quv ishchi dastur;
 
Modul dasturi, sillabuslar, uslubiy ko’rsatma, kalendar tematik reja, dars jadvali va xronometraj ishlab chiqilgan.
– xalqaro tavsiyalar;
 – zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
 
   O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlardan foydalaniladi:
   Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar va monitorlar yordamida namoyish etiladi. Barcha fakultet va kurs talabalari uchun joriy, oraliq va yakuniy test banklari yaratilgan.
- Ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 50 dan ziyod o’quv adabiyotlar mavjud.
 - Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va videofilmlarni o’z ichiga oladi.
 
Kafedra hodimlari tomonidan oxirgi 3 yilda 30 dan ortiq o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop qilingan.
Ulashish