×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  Farmakologiya kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari talabalar ilmiy jamiyati yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tadigan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Bu yig’ilishlarda ilmiy ishlar rejasi muammolari muhokamasi, to’plangan dalillar va ilmiy izlanishlar natijasi tahlil etiladi. Yozilgan tezislar, ularni nashr qilish va anjumanlarda qatnashish masalalari muhokama qilinadi. Farmakologiya kafedrasi TIJ "Yosh farmakolog" deb nomlanib to`garak azolari Soni 57 nafar talabalardan iborat. TIJ azolari kafedra assistentlariga biriktirgan bo`lib, ular orasida ustoz- shogird an’analari yaxshi shakllantirilgan. TIJ rahbarlari kafedra mudiri t.f.n., dotsent S.J. Yuldashev va ma`sul X.X.Rustamova bo`lib hisoblanadi. Kafedra TIJ ishchi rejasi kafedra mudiri va ma’sullar tarafidan ishlab chiqilgan bo`lib TIJ faoliyati ushbu ishlab chiqilgan reja asosida olib boriladi. Kafedra TIJ a`zolari yig`ilishlari haftaning shanba kuni kafedraning konferensiya zalida o’tkaziladi. Kafedrada o`tkazilgan yig`ilishlar bayonnoma tarzida rasmiylashtirib boriladi.     

  Kafedra mudiri va ma`sullar tomonidan "Yosh farmakolog"larning ilmiy mavzulari shakllantirilgan bo`lib talabalar ilmiy ishlari bo`yicha tezislar, maqolalar tayyorlab borilmoqda. TIJ a`zolari hozirgacha o`tkazilgan mahalliy va Xalqaro olimpiadalar, konferensiyalarda qatnashib ijobiy natijalar ko`rsatib kelishmoqda. Bundan tashqari kafedramiz TIJ a`zolari tomonidan Xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop qilib kelinmoqda.