Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  1-son bolalar xirurgiyasi kafedrasi tashkil etilgan yilidan boshlab prof. A.M.Shamsiyev tashabbusi bilan Talabalar ilmiy to`garagiga asos solingan. 1988 yildan boshlab muntazamravishda xar yili to`garak a’zolari nafaqat Respublika balki chet davlatlarningilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelishmoqda.

  Xususan, xar yili Rossiya Federatsiyasida o`tkazilayotgan bolalar xirurgiyasi bo`yicha talabalarning ilmiy konferensiyalarida to`garak a`zolari o`z ma’ruzalari bilan chiqib, diplom va medallar bilan taqdirlanib kelmoqdalar.

  Xozirgi kungacha to`garak a’zolari 50 dan ortiqoltin va kumush medallarni qo`lga kiritishgan. Talabalar ilmiy to`garaki universitetning eng yetakchi to`garaklaridan biri bo`lib, xar xaftaning shanba kuni muntazam ravishda to`garak yig`ilishi o`tkaziladi.

  Xozirgi kunda 100 dan ortiq talabalar to`garak a’zolari xisoblanadi To`garak a`zolariga kafedraning malakali professor, dotsent va assistenlar nazariy, ilmiy va amaliy ko`nikmalarni o`zlashtirishga ko`maklashib borishmoqda. Birinchi kursdan boshlab talabalarni bolalar xirurgiyasi faniga qiziqtirishga xarakat qilinadi.

  Kafedraning xozirgi xodimlaridan 90% o`zlarining ilmiy tadqiqot ishlarini talabalik davrida aynan shu ilmiy to`garakdan boshlaganlar.