Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Universitet talabalarini ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar kafedrada muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

  Kafedrada olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosini Vatanga muhabbat, o‘z xalqiga sadoqat va fidoyilik, mustaqil va erkin fikrlash, mustahkam iroda, yuksak ma’naviyat hamda yoshlarni har tomonlama barkamol inson sifatida tarbiyalash kabi ezgu qadriyatlar tashkil etadi. Mazkur tamoyillar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, ilmiy-nazariy qarashlari va ma’ruzalarida ilgari surilgan g‘oyalar asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga singdirib boriladi.

  Kafedrada olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar talabalarning har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllanishi, jamiyatda o‘z munosib o‘rnini topishi, fuqarolik mas’uliyatini anglashi hamda kelajakdagi shifokorlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan kasbiy, axloqiy va insoniy fazilatlarni egallashiga yo‘naltirilgan.

  Shu maqsadda kafedrada o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, davolash-profilaktik hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Ushbu faoliyat jarayonida amaldagi davlat ta’lim standartlari, kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy talablari hamda oliy tibbiy ta’lim oldiga qo‘yilgan zamonaviy vazifalar hisobga olinadi.

  Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida talabalarda shifokorlik kasbiga hurmat, bemorlarga mehr-shafqat, insonparvarlik, tibbiy etika va deontologiya tamoyillariga rioya qilish, jamoada ishlash, mas’uliyat va doimiy kasbiy rivojlanishga intilish kabi fazilatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.