Ilmiy to'garak
1-son Bolalar xirurgiyasi kafedrasi tashkil etilganidan buyon professor A.M. Shamsiyev tashabbusi bilan Talabalar ilmiy to‘garagi (TIT) faoliyat yuritib kelmoqda. 1988-yildan boshlab to‘garak a’zolari har yili nafaqat respublika, balki xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ham muntazam va faol ishtirok etib kelmoqda.

Xususan, Rossiya Federatsiyasida har yili o‘tkaziladigan bolalar xirurgiyasi bo‘yicha talabalar ilmiy konferensiyalarida to‘garak a’zolari o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etib, yuqori natijalarga erishib kelmoqdalar. Ular turli yillarda diplom, sertifikat va medallar bilan taqdirlangan.

Bugungi kungacha Talabalar ilmiy to‘garagi a’zolari 50 dan ortiq oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan.
Talabalar ilmiy to‘garagi universitetning yetakchi ilmiy to‘garaklaridan biri hisoblanadi. To‘garak yig‘ilishlari muntazam ravishda har haftaning shanba kuni o‘tkaziladi. Yig‘ilishlarda bolalar xirurgiyasining dolzarb masalalari muhokama qilinadi, klinik holatlar tahlil etiladi, ilmiy ma’ruzalar tinglanadi hamda talabalar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning natijalari muhokama qilinadi.
Hozirgi kunda 100 nafardan ortiq talaba to‘garak a’zosi hisoblanadi. To‘garak a’zolariga kafedraning malakali professorlari, dotsentlari va assistentlari tomonidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, ilmiy-tadqiqot metodlarini egallash hamda amaliy va klinik ko‘nikmalarni shakllantirishda muntazam ilmiy-metodik yordam ko‘rsatiladi.

Talabalarda bolalar xirurgiyasi faniga qiziqishni shakllantirish va ularni ilmiy faoliyatga jalb etishga birinchi kursdan boshlab alohida e’tibor qaratiladi. Talabalar dastlabki bosqichlardan boshlab klinik holatlarni tahlil qilish, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, ilmiy ma’ruzalar tayyorlash va konferensiyalarda ishtirok etishga jalb qilinadi.

Talabalar ilmiy to‘garagi kafedraning ilmiy-pedagogik an’analarini davom ettirish, yosh ilmiy kadrlarni shakllantirish va kelajakdagi yuqori malakali bolalar jarrohlarini tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Kafedraning hozirgi xodimlarining qariyb 90 foizi ilmiy-tadqiqot faoliyatini talabalik davridayoq aynan ushbu ilmiy to‘garakda boshlagan. Bu ko‘rsatkich kafedrada ilmiy maktab va avlodlar davomiyligining yuqori darajada shakllanganidan dalolat beradi.