×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  Tillar kafedrasida talabalar ilmiy, intellectual faoliyatini kuchaytirish maqsadida
" Medical English" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi tashkil etilgan. Ushbu to’garakning asosiy vazifalari etib:

  1. Talabalar ilmiy jamiyati (TIJ)ga tanlab olingan talabalarning ilmiy ishlari maqola va tezislarni yozishni amalda yozishni o’rgatish;
  2. Talabalarga tibbiy terminologiya bo’yicha ingliz va lotin tilida amaliy ko’nikmalar hosil bo’lishiga mashg’ulotlar o’tkazish;
  3. Til o’rganish ko’nikmasini oshirish va Grammatik qoidalar bilan talabalarni tanishtirish:
  4. Medical English” to‘garagining asosiy maqsadi — talabalarda ingliz tilida tibbiy bilimlarni mustahkamlash, ilmiy maqola yozish ko‘nikmalarini shakllantirish, xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishga tayyorlash ekani qayd etildi.

  Tillar kafedrasida talabalar ilmiy to`garagi hozirgi kunda universitet barcha fakultetlarining 1-kurs talabalari orasidan 40 nafar talaba aʼzo boʼlgan

  Talabalar ilmiy to`garagi boʼyicha masʼul kafedra stajyor-assistenti Azzamova Umida Alisherovna va Lotin tili fanidan Esanova Maftuna Bahadirovna etib tayinlangan. Ilmiy to’garak dars mashg’ulotlarini to’garak rahbari  Azzamova Umida Alisherovna.,va Esanova Maftuna Bahadirovna talabalarga amaliy va mahorat darslarini oʼtib kelmoqdalar. 

  Talabalarga ingliz tili va Lotin tili Grammatik qoidalarini tanishtirish, so’z boyligini oshirish, ular bilan turli xil usullar jumladan “Bamboozle” game “Kahoot” va boshqa orqali o’tilgan mavzular bo’yicha guruhlarga ajratilib turli xil o’yinlar dars tashkil etilgan.

  Ingliz tilini chuqur o’rganish bo’yicha Speaking va Listening, hamda Writing va Reading ko’nimalarini oshirish uchun mashg’ulotlar haftaning har shanba kunlari soat 09.00da yo’lga qo’yilgan.

  Tillar kafedrasida ingliz va lotin tili o’qituvchilar talabalar bilan Xalqaro fan olimpidasi, respublika miqyosidagi konferensiyalarga qatnashib faxrli orinlarni qo’lga kiritib kelmoqdalar. Ayniqsa 2025 yil 13 may Abu Ali Ibn Sino kuni Buxoro Davlat Tibbiyot Universiteti 1 kurs davolash fakulteti talabasi Suxrobov Sohibjon Lotin tili va Tibbiy Terminologiya fanidan faxrli 2-chi o’rinni eggalab keldi.


  Tillar kafedrasida tahsil olgan Qo’shma Dastur Stomatologiya fakulteti talabasi Abdulazizov Diyorbek Otajonovich N.N.Burdenko nomli Voronej Davlat Tibbiyot Universitetida “Мы Изучаем иностранный Языки xalqaro konkursda qatnashib faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi. Ilmiy raxbari Tillar kafedrasi mudiri PhD, Yorova S.K.

  Ilmiy mavzular mohiyati bilan tanishish, ilmiy rahbarlarning tavsiya va ko’rsatmalarini fidoiy o`qituvchi murabbiylarning talabalar bilan ishlashdagi faolliklarini keng targ`ib etish talabalardagi iste’dodlarni ro’yobga chiqarish, zamonaviy texnologiyalar bilan mukammal ishlay olish ko`nikmalarini shakllantirish hamda ularni ma`naviy rag`batlantirish ilmiy to’garakning asosiy vazifalari sanaladi.