Jonajon O‘zbekistonimizning o‘z milliy mustaqilligiga erishganiga ham 34 yil to‘ldi. Bu – tarixan juda qisqa davr. Ammo erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar nuqtayi nazaridan qaralsa, bu davrni, so‘zsiz ming yillarga tatigulik tarixiy bosqich, deyishga haqqimiz bor.
Universitetimiz miqyosida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida hamda kafedraning yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar rejasi asosida kafedrada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda. Bugungi kundagi asosiy vazifa yosh avlodimizni bilim bilan boyishini ta’minlash, ularni ruhiy yuksaltirish, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni, hayotlarini yaxshi tomonga o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lishida ko‘maklashishdan iborat.
Tillar kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar universitetning “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” tomonidan tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi. Haftaning har juma kuni talabalar bilan ma’naviyat soati o‘tkaziladi. Ishning bu jihati juda muhim va ahamiyatlidir. Talabalar bilan otkaziladigan bunday uchrashuvlarda biz odob-axloq, madaniyat, xulq-atvor me’yorlari haqida suhbatlashish bilan bir qatorda yurtimizda va butun olamda bir hafta ichida sodir bo‘lgan yangiliklar, ma’naviy o‘zgarishlar haqida yoshlarimizga yetkazishga harakat qilamiz.
Tillar kafedrasida o‘tkazilayotgan “ma’naviyat soat”larida o‘qituvchilarimiz muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning turli tadbir va uchrashuvlaridagi nutqlari, farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma’naviy fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini oshirish, talabalar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, talabalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish borasida ham keng ko‘lamli ma’naviy va ma’rifiy ishlarni olib bormoqdalar.



2024 yil 18 oktyabr kuni soat 10:00dan Samarqand shahar kuni munosabati Alisher Navoiy nomli Markaziy istirohat bog‘ida ma’naviy-ma’rifiy bayram saylio‘tkazildi. Tillar kafedrasining bir guruh o‘qituvchilari kafedra mudir boshchiligida bayram saylida munosib ishtirok etishdi.

Tillar kafedrasi bir guruh o‘qituvchilari 2025 yil 15 yanvar kuni Samarqand shahridagi A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat davlat axborot-kutubxona markaziga 1-son davolash ishi fakulteti 102 va 107-guruh va Pediatriya fakulteti 107-guruh talabalari bilan birgalikda tashrif buyirdi. “Besh tashabbus” davlat dasturining to‘rtinchi tashabbusi, ya’ni yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida, talabalarning bo‘sh vaqtlarini yanada sermazmun o‘tkazish maqsadida “Kutubxonalar bo‘ylab sayohat” shiori ostida shahrimizda mavjud kutubxonalar bilan yaqindan tanishish va kitobsevarlikni o‘rganish, yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida “Biz buyuk allomalar vorislarimiz” mavzusida professor-o‘qituvchilar va talablarning madaniy ma’naviy sayohati va davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yiligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. “8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan joriy yilning Tillar kafedrasi hamkorligida Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti Fundamental tibbiyot yo‘nalishi talabalari bilan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – milliy istiqlol va taraqqiyot qomusi» mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbir doirasida talabalar o‘rtasida konstitutsiyaga doir ma’lumotlar berildi, kuy va qo‘shiqlar yangradi, talabalar o‘rtasida savol-javoblar, viktorinalar tashkil etildi

Ulashish